O‘zbekistonda koronavirusga chalinganlar soni 28 mingdan oshdi

Hozirda koronavirus infeksiyasiga chalingan bemorlarning 799 nafari og‘ir, 228 nafari esa o‘ta og‘ir ahvolda.
Sputnik

TOShKENT, 6 avg - Sputnik. O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 28 069 nafarga yetdi, deb xabar bermoqda mamlakat Sog‘liqni saqlash vazirligi matbuot-xizmati.

O‘zbekistonda koronavirus: 5-avgust asosiy xabarlari

Yangi kasallanish holatlarining 147 nafari Toshkent shahrida, 129 nafari Toshkent viloyatida aniqlangan.

Shu bilan birga, koronavirusga chalingan yana ikki bemor - Mirzo Ulug‘bek tumanida yashagan 48 yoshli erkak hamda Yunusobod tumanida yashagan 62 yoshli ayol vafot etgan. Jami qurbonlar soni 173 tani tashkil qilmoqda.

Infeksiyaga chalingan 18 783 (67 %) nafar fuqarolar sog‘aygan.

Rossiyada COVID-19 ga qarshi vaksinani yaratish bosqichlari ma’lum bo‘ldi

Hozirda respublikada 9 113 nafar bemorga shifokorlar tomonidan belgilangan standartlar bo‘yicha davo choralari ko‘rilmoqda. Ulardan 799 nafari og‘ir, 228 nafari esa o‘ta og‘ir ahvolda.

Butunjahon sog‘liqni saqlash tashkiloti ma’lumotlariga ko‘ra, dunyo bo‘yicha so‘nggi sutka davomida yangi turdagi koronavirus infeksiyasini yuqtirganlar soni 206 709 nafarni tashkil qilgan, 5 116 inson ushbu virus qurboniga aylangan.

BSST ma’lumotlariga ko‘ra, COVID-19 yuqtirganlar soni jami 18 354 342 kishini tashkil qilmoqda. 696 147 bemorlar virus qurboniga aylangan.