TOShKENT, 6 avg — Sputnik. Rossiya portlash oqibatida jarblanganlarga yordam berish maqsadida FVV qutqaruvchilarini Beyrutga yubormoqda.
Ayni vaqtda aeromobil gospital yuklangan uchinchi samolyot Beyrutga qo‘ndi. Portlash yuz bergan shaharga shifokor va qutqaruvchilar yetib keldi.
Kuni kecha Rossiya FVV 5 ta samolyot yuborilishi haqida xabar berilgandi. Livan poytaxtiga “Sentrospas” otradi qutqaruvchilari, psixologlar va Rospotrebnadzor COVID-19 infeksiyasini aniqlash laboratoriya yuboriladi. Umumiy hisobda 150 nafarga yaqin mutaxassis yuboriladi. Barcha mutaxassislar COVID-19 bo‘yicha epidemiologik vaziyatdan kelib chiqqan holda zarar himoya vositalari bilan ta’minlanadi.
Seshanba kuni kechqurun Beyrut portida kuchli portlash yuz berdi. Hukumat 6-yil davomida noto‘g‘ri saqlangan 2,7 ming tonna ammiak selitra portlash sababini keltirgan - shahar binolarining yarmi shikastlandi, kasalxonalar jarohatlanganlar bilan to‘ldi. So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, 135 kishi halok bo‘ldi, 5 mingga yaqin kishi jarohatlandi, ko‘plari bedarak yo‘qolgan deb hisoblanmoqda.