O‘zbekistonda koronavirus: 6-avgust asosiy xabarlari

Bir sutka davomida 761 kishida koronavirus aniqlandi, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 28 315 nafarni tashkil qilmoqda.
Sputnik

TOShKENT, 6 avg — Sputnik. Sputnik O‘zbekiston respublikadagi epidemiologik vaziyat to‘g‘risida asosiy xabarlarni to‘pladi.

Olimlar koronavirusning zaif joyini aniqladi

Bir sutka davomida 761 kishida koronavirus aniqlandi, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 28 315 nafarni tashkil qilmoqda.

Davolanish ko‘rsatkichi

Bugunning o‘zida 609 nafar bemor tuzalib, o‘z uylariga kuzatildi. Respublika bo‘ylab jami sog‘ayganlar soni 19 291 nafarga yetdi.

Ayni paytda 8 849 nafar bemorga belgilangan standartlar bo‘yicha davo choralari ko‘rilmoqda. Ulardan 800 nafari og‘ir, 230 nafari esa o‘ta og‘ir ahvolda.

O‘lim holatlari

Kun davomida koronavirusga chalingan 4 nafar bemor – Toshkent shahar  Mirzo Ulug‘bek tumanida yashagan 48 yoshli K.N. (erkak), Yunusobod tumanida yashagan 62 yoshli M.M. (ayol), Shayxontohur tumanida yashagan 51 yoshli A.B. (erkak), Qashqadaryo viloyati Qarshi shahrida yashagan 37 yoshli N.O. (ayol) vafot etdi.

O‘zbekistonda jami 175 kishi pandemiya qurboni bo‘ldi.

Bog‘chalar faoliyati tiklanishi

Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida koronavirus pandemiyasi sababli to‘xtatilgan faoliyat jarayonini tiklashga tayyorgarlik ishlari olib borilmoqda. Pandemiya sharoitida MTTlarda ish jarayoni qanday tamoyillar asosida tashkil etilishi tasvirlangan videorolik tayyorladi. 

Mehnat bozorini tiklash

Rossiya Federatsiyasidagi Neft va gaz ilmiy-tadqiqot va loyihalashtirish instituti raisi o‘rinbosari Denis Mishchenko boshchiligida "Renaissance Heavy Industries" va "Yamata Yatirim İnşaat Turizm ve Ticaret Anonim Şirketi" kompaniyalari vakillaridan iborat delegatsiya O‘zbekistonga tashrif buyurdi.

Delegatsiya a’zolari bilan Vazirlar Mahkamasining Xorijda vaqtinchalik mehnat faoliyatini amalga oshirayotgan O‘zbekiston fuqarolari huquqlarini himoya qilish masalalari va xalqaro iqtisodiy hamkorlik departamenti hamda Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligida uchrashuvlar o‘tkazildi.

Rus-qozoq chegarasidagi hodisa: migrantlar qanday qilib firibgarlar qurboniga aylandi

Uchrashuvlarda pandemiya sharoitida mehnat migrantlari huquqlarini himoya qilish, O‘zbekiston fuqarolarini Rossiya Federatsiyasiga tashkillashtirilgan holda ishga jalb qilish, ularga kasb va til o‘rgatish kabi masalalar muhokama etildi.

Muloqot davomida pandemiyadan keyin mehnat bozorini tiklash, epidemiologik vaziyatda o‘zbekistonlik mehnat migrantlari xavfsizligini ta’minlash, ularni tartibli, manzilli va tashkillashtirilgan holda ishga joylashtirish hamda ishchilar uchun zaruriy mehnat sharoitlari yaratilib, buning uchun ish beruvchi tashkilot kafil bo‘lishi lozimligini ta’kidladi.

Dunyo salomatligi

Dunyo bo‘ylab infeksiyani yuqtirib olgan kishilarning soni 19,0 millionga yetdi, 706 ming kishi vafot etdi, 11,3 million kishi tuzaldi. Eng ko‘p holatlar AQShda (4,8 mln), Braziliyada (2,9 mln), Hindistonda (2,0 mln).