O‘zbekiston va Qirg‘iziston fuqarolari Rossiyani 6-avgustda tark etishlari mumkin bo‘ladi

Chegarani kesib o‘tish bilan bog‘liq masalalarni hal qilish Orenburg hukumati vakolatlariga kirmasada, ammo hukumat vakillari Qozog‘iston bilan chegarada "bojxona yo‘lagi" haqidagi mish-mishlar tufayli adashgan odamlarga yordam berish uchun barcha imkoniyatlarni ishga solmoqda.
Sputnik

TOShKENT, 5 avg - Sputnik. Orenburg va Samara viloyatlari chegarasida to‘planib qolgan 3,5 mingdan ziyod Qirg‘iziston va O‘zbekiston fuqarolari vatanga qaytarila boshladi, deya xabar berdi Orenburg hukumati.

Rossiya chegarasida sal kam 800 nafar migrant qolmoqda

Viloyat hokimiyati taqdim etgan ma’lumotlarga ko‘ra, Rossiya-Qozog‘iston chegarasi - Orenburgning Buzuluk va Samara viloyati hududida 3 mingga yaqin Qirg‘iziston fuqarolari va 500 dan ortiq O‘zbekiston fuqarolari to‘plangan.

"Buzuluk viloyati va Samara viloyati hududida bo‘lgan Qirg‘iziston fuqarolari ikki kun davomida Qozog‘iston Respublikasi bilan chegara orqali o‘tkaziladi va vatanga yo‘l oladi. O‘tkazilayotgan Qirg‘iziston fuqarolarining umumiy soni 3 ming kishiga yaqin. Shuningdek, vatanga qaytish imkoniyatini kutib turgan O‘zbekistonning 500 ga yaqin fuqarosi, dastlabki kelishuvlarga ko‘ra, 6-avgust kuni chegarani kesib o‘tishlari mumkin. Ular o‘z vatanlariga temir yo‘l transporti orqali boradilar", - deb xabar qiladi viloyat hukumati.

"Bizning viloyatimiz birinchi marta noto‘g‘ri ma’lumotlar tufayli adashgan odamlar uyga qaytish imkoniyatini kutayotgan maydonchaga aylanayotgani yo‘q. Ular charchagan, ammo buyog‘iga oz qoldi: ular yaqin kunlarda o‘z uylariga qaytishlari mumkin", - deya iqtibos keltiradi Orenburg viloyati gubernatori Denis Paslerdan hukumat matbuot xizmati.

Mintaqa hukumatining RIA Novostiga ma’lum qilishicha, migrantlar vaqtincha istiqomat qilayotgan palatkalar shaharchasida keksa yoshdagi kishilar, homiladorlar va bolalar soni juda ko‘p. "Chegarani kesib o‘tish bilan bog‘liq masalalarni hal qilish mintaqaviy hokimiyat vakolatlariga kirmasada, viloyat hukumati Qozog‘iston bilan chegarada "bojxona yo‘lagi" haqidagi mish-mishlar tufayli adashgan odamlarga yordam berish uchun barcha imkoniyatlarni ishga solmoqda. Biz ularni suv va elektr quvvati bilan ta’minlayapmiz" - dedi suhbatdosh.