O‘zbekiston va Rossiya markaziy banklari xaker hujumlariga qarshi birgalikda kurashadi

O‘zbekiston va Rossiya markaziy banklari kompyuter hujumlariga qarshi kurashish bo‘yicha o‘zaro anglashuv memorandumini imzoladi.
Sputnik

TOShKENT, 5 avg — Sputnik. O‘zbekiston Markaziy banki va Rossiya Markaziy banki o‘rtasida kompyuter hujumlariga qarshi kurashish bo‘yicha o‘zaro anglashuv memorandumi imzolandi.

MDH xalqaro IT-xavfsizlik sohasida hujjat tayyorlamoqda

O‘zbekiston markaziy banki xabariga ko‘ra, hujjat kompyuter hujumlarining oldini olish va aniqlash, ularni bartaraf etish uchun shart-sharoitlar yaratish va tomonlarning axborot xavfsizligi darajasini oshirishga qaratilgan ikki mamlakat markaziy banklarining o‘zaro hamkorligini ko‘zda tutadi.

Qayd etilishicha, kompyuter hujumlariga qarshi kurashish bo‘yicha hamkorlik bank tizimida axborot xavfsizligining tahdidi yuzasidan prognozlarni ishlab chiqish va ogohlantirish strategiyalarining samaradorligini oshirish, kompyuter hujumlarining sabablarini aniqlash, ularga munosabat bildirish va oqibatlarini bartaraf etish bilan bog‘liq boshqa vazifalarni amaliyotga tatbiq etish imkonini beradi.