Qirg‘izistonda O‘zbekiston qamoqxonasidan qochib ketgan mahbuslar ushlandi

O‘zbek-qirg‘iz chegarasida qo‘lga olingan mahbuslarning biri 29, ikkinchisi esa 24 yoshda ekanini aytilmoqda.
Sputnik

TOShKENT, 5 avg — Sputnik. Ikki nafar O‘zbekiston fuqarosi Qirg‘izistonning Jalolobod viloyatida chegarani noqonuniy kesib o‘tayogan vaqtda qo‘lga olindi. Bu haqda Sputnik Qirg‘iziston nashri mamlakat Davlat chegara xizmati matbuot xizmatiga tayangan holda xabar qilmoqda.

Buxoroda qamoqdan qochgan mahbus qo‘lga olindi

Ta’kidlanishicha, avvalroq qirg‘iz chegarachilari Toshkent viloyati Zangiota tumanidan mahbuslar qochib ketgani haqida xabar olishgan.
Qochib ketgan mahbuslarning biri 29, ikkinchisi esa 24 yoshda ekanini aytilmoqda.

Qirg‘iziston IIV qo‘lga olinganlar bilan keyingi surishtiruv ishlarni olib boradi.