Toshkentda yo‘lovchilarga yangi rusumdagi avtobuslar xizmat ko‘rsatadi

Xarid qilingan 9 ta "Yutong" avtobuslari poytaxt yo‘llarida qatnayotgan eski “Isuzu” rusumidagi avtobuslar o‘rnida harakatlanishi rejalashtirilgan.
Sputnik

TOShKENT, 5 avg — Sputnik. Toshkent shahriga 9 ta yangi avtobuslar keltirildi. Bu haqda "Toshshahartransxizmat" AJ matbuot xizmati xabar qilmoqda.

Toshkentda faoliyatini qayta tiklagan avtobuslar ishiga nazar – video

Qayd etilishicha, “Avtosantrans-servis” ushbu avtobuslarni Xitoyning  "Yutong hongkong limited" kompaniyasidan xarid qilgan. Ular gaz yoqilg‘isida harakatlanadi.

Umumiy 52 nafar yo‘lovchiga mo‘ljallangan ushbu avtobuslar o‘rta sig‘imli bo‘lib, 30 ta o‘rindiqqa ega.

Ishlab chiqaruvchi korxona ushbu transport vositalarining 150 ming kilometrgacha benuqson harakatlanishiga kafolat bermoqda.

Ushbu avtobuslar poytaxt yo‘llarida qatnayotgan xususiy korxonaga tegishli eski “Isuzu” rusumidagi avtobuslar o‘rnida harakatlanishi rejalashtirilgan.