Rossiyaga pandemiya vaqtida kirib borgan o‘zbekistonliklar soni aytildi

Rossiyaga 2020-yilning birinchi yarmida kirib borgan chet elliklar orasida ukrainaliklar va Markaziy Osiyo fuqarolari yetakchilik qilmoqda
Sputnik

TOShKENT, 5 avg — Sputnik. Rossiya Federatsiyasiga birinchi yarim yillikda chet ellik fuqarolar oqimi 60%ga qisqardi. Bu haqda Federal xavfsizlik xizmati chegara xizmati statistikasida keltirilgan.

Rossiya iqtisodiyoti migratsiyasiz inqirozdan chiqa olmaydi - tojikistonlik ekspert

Xususan, pandemiya vaqtida Rossiyaga borishni istagan fuqarolar orasida Markaziy Osiyo davlatlari vakillari ko‘pchilikni tashkil qiladi. FXX ma’lumotlariga ko‘ra, olti oy davomida RFga Qozog‘istondan 885 ming, O‘zbekistondan 620 ming, Tojikistondan 373 ming va Qirg‘izistondan 212,3 ming fuqarolar kelgan.

Rossiyaga pandemiya vaqtida tashrif buyurgan chet elliklar orasida Ukraina fuqarolari ko‘pchilikni tashkil etadi - 1,7 million kishi.

Shuningdek, chet ellik turistlar soni 86%ga qisqargan.

Yanvar oyidan mart oyiga qadar Rossiyaga 5,5 million chet elliklar kirib kelgan bo‘lsalar, chegaralar yopilgach kelganlar soni 509 ming nafarni tashkil etgan.