TOShKENT, 5 avg — Sputnik. “Ufa”ning o‘zbekistonlik yarim himoyachisi Oston O‘runov rasman Moskvaning “Spartak” klubi o‘yinchisiga aylandi. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar qilmoqda.
“Spartak-Moskva” FK “Ufa” bilan yarim himoyachi Oston O‘runovning o‘tish shartlarini kelishib oldi. 19 yoshli o‘zbekistonlik futbolchi klubimiz bilan uzoq muddatli shartnoma imzoladi. <...> O‘runov qizil-oqlar sharafini 20 raqam ostida himoya qiladi”, - deyilgan xabarda.
Avvalroq O‘runovning “Ufa”dan 2 million yevro evaziga “Spartak” klubiga o‘tishi, Moskva klubida yillik 600 ming yevro maosh olishi haqida xabarlar tarqalgan edi.