Ishlab chiqaruvchi Su-57 qiruvchining sirlarini oshkor qildi

Rossiyaning beshinchi avlod Su-57 qiruvchi samolyoti barcha turdagi havo, yer va suv ustidagi nishonlarini yo‘q qilishga mo‘ljallangan.
Sputnik

TOShKENT, 5 avg - Sputnik. Rossiyaning 5-chi avlod Su-57 qiruvchi samolyoti barcha turdagi havo, yer va suv ustidagi nishonlarni yo‘q qilishga mo‘ljallangan bo‘lib, so‘nggi rusumdagi oynalar bilan jihozlangan. Bu haqda RIA Novosti'ga "ONPP Texnologiya" ishlab chiqaruvchi kompaniyaning bosh direktori Andrey Silkin.

Rossiya qiruvchilari chegaraga yaqinlashayotgan AQSh razvedka-samolyotini to‘xtatdi

"Ekipaj elektromagnit, ultrabinafsha va infraqizil nurlanish ta’siridan, shuningdek yadroviy portlashdan kelib chiqadigan nurlanishdan himoyasi ta’minlangan", - deb tushuntirdi mutaxassis.

Bundan tashqari, Silkinning so‘zlariga ko‘ra, yangi materiallar tufayli kabinaning radiolokatsion ko‘rinmasligiga erishildi. Mashinaning og‘irligi ikki baravar kamaytirilgan bo‘lganiga qaramay, oyna sirtining zarbaga chidamliligi ham ortdi.

Agentlikning aniqlashicha, "Rossiya-2019" forumida Rossiya Havo-kosmik kuchlariga 76 dona Su-57 qiruvchi samolyotlarini yetkazib berish bo‘yicha shartnoma imzolangan. Hozirda ushbu samolyot sinovlari o‘tkazilmoqda, uning davomida tizimlarning ishlashi, shuningdek, ikkinchi bosqich dvigatelining ish rejimlari sinovdan o‘tkazilmoqda.

Iyul oxirida Sputnik radiosi Su-27 AQShning razvedka samolyotini Qora dengiz ustida to‘xtatib qolganini ma’lum qildi.