Bugun ulkan asteroid maksimal darajada Yerga yaqinlashadi

Bugun futbol maydoni kattaligida bo‘lgan 2009 PQ1 asteroidi Yerga maksimal darajada yaqinlashadi. Ayni vaqtda olimlar 15 mingga yaqin bunday asteroid aniqlagan.
Sputnik

TOShKENT, 5 avg — Sputnik. Bugun futbol maydoni kattaligida bo‘lgan 2009 PQ1 asteroidi Yerga maksimal darajada yaqinlashadi. RIA Novosti xabariga asosan.

“Shu yetmay turuvdi”: 5-avgustda Yerga ulkan asteroid yaqinlashadi

Rossiya Fanlar akademiyasining Astronomiya instituti (INASAN) Quyosh sistemalari bo‘limining aspiranti Yekaterina Yefremova so‘zlariga ko‘ra, samoviy jism yerga hech qanday xavf tug‘dirmaydi, chunki u juda uzoq masofaga uchadi.

Asteroid 2009 PQ1 Moskva vaqti bilan soat 19.35da Yerdan to‘rt million kilometr uzoqlikda uchadi - bu bizdan Oygacha nisbatan yetti marta uzoqroq. Keyingi safar asteroid Yerga faqat 2137-yilda yaqinlashadi.

Asteroid 2009-yil 14-avgustda topilgan. Bu “Apollonlar” guruhiga tegishli, ya’ni uning parvoz yo‘li Yer orbitasini kesib o‘tdi.

Ural Federal Universitetining (UrFU) Fizika-texnologiya instituti professori Viktor Groxovskiy fikriga ko‘ra, bunday asteroidlar Yer orbitasini kesib o‘tganligi sababli juda xavfli. Ayni vaqtda 15 mingga yaqin bunday asteroid aniqlangan va ular kuzatib boriladi.