“Pul yoki olmos”: “Ozarbayjon go‘zali” u bilan tanishishning oson yo‘lini oshkor qildi

“Ozarbayjon go‘zali” Semra Huseynova shaxsiy hayotiga qiziqish bildirayotgan kuzatuvchilarning savollariga ochiqchasiga javob berdi.
Sputnik

TOShKENT, 4 avg — Sputnik. “Miss Ozarbayjon 2019” mukofoti sovrindori Semra Huseynova shaxsiy hayotiga bog‘liq savollarga javob berdi. Go‘zal hatto u bilan tanishishning oson yo‘lini oshkor qilib, internet foydalanuvchilarini hayratda qoldirdi. Bu haqda Sputnik Ozarbayjon xabar qildi.

“Amerika go‘zali” tanlovi g‘olibasi aniqlandi - video

Model Instagram’da kuzatuvchilar savollariga javob berdi, savollarning aksariyati shaxsiy hayotiga tegishli. Ko‘plab muxlislar u bilan tanishish orzusi borligini bildirgan. Huseynova buning uchun pul bilan konvert yoki olmos berish kifoya, deb javob berdi.

Shuningdek, u karantin tufayli to‘rt oydan beri maoshsiz qolganini aytdi.

Semra Huseynova o‘n yildan beri model biznesida faoliyat olib boradi, ko‘plab xalqaro va mahalliy moda loyihalarda ishtirok etdi. Shuningdek, uzoq vaqt davomida xorijda ishladi. 2019-yilda u “Miss Ozarbayjon” tanlovida g‘oliblikni qo‘lga kiritdi.