Mirziyoyev koronavirusga qarshi vaksinatsiya qilish yo‘llarini puxta o‘rganish topshirig‘ini berdi

Mamlakatda oxirgi bir haftada 5 mingdan ortiq yangi kasal aniqlanib, jami virus yuqtirganlar soni 27 mingtaga yaqinlashdi. Eng yomoni, koranovirusga qo‘shimcha tarzda, asorati og‘irroq bo‘lgan pnevmoniya holatlari ham ko‘paymoqda.
Sputnik

TOShKENT, 4 avg - Sputnik. Shavkat Mirziyoyev navbatdagi videoselektor yig‘ilishi o‘tkazmoqda. Tadbirda O‘zbekiston bo‘ylab koronavirus pandemiyasini jilovlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar chuqur tahlil qilinmoqda, deb xabar berdi prezident matbuot-xizmati.

O‘zbekistonda koronavirus: 4-avgust asosiy xabarlari

Jumladan, oxirgi paytda dunyoda COVID-19 infeksiyasining tarqalishi keskin tezlashib, jami kasallar soni 19 millionga yaqinlashgani, qurbonlar ham ko‘paygani afsus bilan ta’kidlandi. Vaziyat g‘oyat jiddiyligini 31-iyulda Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti pandemiya bilan bog‘liq xalqaro favqulodda holatni yana 3 oyga uzaytirgani ham ko‘rsatib turibdi.

Mamlakatda oxirgi bir haftada 5 mingdan ortiq yangi kasal aniqlanib, jami virus yuqtirganlar soni 27 mingtaga yaqinlashdi. Eng yomoni, koranovirusga qo‘shimcha tarzda, asorati og‘irroq bo‘lgan pnevmoniya holatlari ham ko‘paymoqda.

Ushbu holatni inobatga olib, qo‘shimcha choralar ko‘rildi. Jumladan, oxirgi 20 kunda koronavirusni davolash o‘rinlari 3,5 barobarga ko‘paytirildi va qariyb 65 mingtaga yetkazildi. Joylarga qo‘shimcha ravishda qariyb 800 ta tez tibbiy yordam mashinalari yetkazib berildi.

Koronavirusga qarshi qozoq vaksinasi sentabrda sinovdan o‘tkaziladi

Qo‘shimcha 4 mingta nafas berish uskunalari (O‘SV, portativ sun’iy nafas berish apparati, kislorod konsentratori) olib kelinib, ularning soni 6,5 mingtaga yetdi.

"Aholi o‘rtasida virus tarqalishining oldini olish va bemorlarni davolash bo‘yicha olib borilayotgan tizimli ishlarni yanada kuchaytirgan holda davom ettirishimiz zarur", – dedi davlat rahbari.

Xususan, Sog‘liqni saqlash vazirligi, hokimlar va sektorlar rahbarlari koronavirus va pnevmoniyani davolash bo‘yicha har tomonlama tayyor bo‘lishi, har bir bemorga kerakli tibbiy yordam ko‘rsatilishi, ularning holatidan kelib chiqib shifoxonaga yotqizilishi va davolanishi uchun shaxsan javobgar bo‘lishi qayd etildi.

Koronavirusga qarshi samarali dori vositasi paydo bo‘lmasligi ham mumkin - BSST rahbari

Joylardagi birlamchi tibbiy xizmat ko‘rsatish tizimi ishini yanada jonlantirish kerakligi ta’kidlandi.

 

Ma’lumki, bugun qator mamlakatlar sog‘liqni saqlash va farmatsevtika tizimlarida koronavirus davosini topish yo‘lida tinimsiz izlanishlar olib borilmoqda. Misol uchun, Xitoy, Hindiston, Buyuk Britaniya, Rossiya farmatsevtika kompaniyalari yaqin vaqt ichida vaksina ishlab chiqarishni boshlashi haqida xabar qilinyapti.

Bosh vazir o‘rinbosari Behzod Musayevga bir hafta muddatda yetakchi olimlar va tajribali shifokorlar bilan maslahatlashgan holda, vaksinani xarid qilish va mamlakatimiz aholisi vaksinatsiyasini amalga oshirish yo‘llarini puxta o‘rganib chiqish topshirig‘i berildi.