Koronavirus pandemiyasi tom ma’noda dunyo iqtisodiyotini tiz cho‘ktirganidan bir oy o‘tib, siyosiy va ommaviy axborot vositalari dunyosida vaksinalar poygasi deb atash mumkin bo‘lgan yangi xalqaro raqobat "janri" paydo bo‘ldi. Koronavirus ikki marotaba kollektiv G‘arbga olib kelgan yaqqol psixologik jarohatni hisobga olgan holda, ushbu poygada g‘alaba qozonish masalasi shunchaki siyosiy emas, balki ham siyosiy, va G‘arb jamiyatining o‘z-o‘zini hurmat qilishi nuqtayi nazaridan prinsipial bo‘lib qoldi. Yevropa gumanizmining eng yaxshi an’analarida tarbiyalagan odam uchun (zamonaviy dunyoda bu Yevropalik yoki amerikalikni emas, balki sovet yoki rus ma’lumotiga ega bo‘lgan kishini anglatadi) hozirgi zamonda G‘arbning "vaksinalar poygasi" borasida vasvasasini tushunishi juda qiyin, ammo buni barchasini zamonaviy AQSh yoki Buyuk Britaniyaning asosiy sohasi, ya’ni siyosiy va tijoriy PR nuqtayi nazaridan tushuntirishga harakat qilish mumkin.
PR maydonida jamoaviy G‘arb, shu jumladan, AQSh va Buyuk Britaniyada bir nechta jiddiy "koronavirus shikastlari"ga duch keldi. Birinchidan, uzoq (shuningdek, "chuqur totalitar va ba’zida qoloq", bu London va Vashington siyosatchilarining stereotiplariga ko‘ra) Xitoy epidemiyani osonroq yengdi, muammoni ertaroq tushundi va iqtisodiy zararni samarali chekladi. Buning ortidan hatto o‘z vatanparvarlari nazarida ham, AQSh va Buyuk Britaniya, shuningdek, ba’zi Yevropa Ittifoqi davlatlari ham unchalik ilhomlantiruvchi ko‘rinmaydi.
Kollektiv G‘arbning g‘ururiga navbatdagi shikastni beixtiyor (bunday bo‘lib turadi) Rossiya yetkazdi - koronavirusdan "G‘arbni tahqirlovchi past darajada" o‘limlar va testlarni ommaviy o‘tkazilishi bilan, bu G‘arb ommaviy axborot vositalarining tishlarini g‘ichirlatishini va statistikani soxtalashtirishining asossiz ayblovlarni keltirib chiqardi, garchi statistika (BSST ma’lumotlaridan tashqari) yaqqol edi: Nyu-Yorkda epidemiya qurbonlarining jasadlari ko‘chalarda muzlatgichlarda to‘plangan va bu tibbiy va davlat boshqaruvi sifatidagi farqni baholash uchun yetarli.
Va shu manzarada, talab etiladigan xarajatlar va har qanday xavf-xatarlardan qat’i nazar, jamoaviy G‘arb (shuningdek muayan G‘arb siyosatchilari uchun) vaksinani ishlab chiqarishda ustuvorlik masalasi imidj nuqtayi nazaridan juda muhim bo‘lib qolmoqda, chunki, misol uchun AQSh – hamon "dunyodagi birinchi raqamli" ekanligini ko‘rsatish kerak.
Shu bilan birga, Amerika OAVlarini o‘qiyotganingizda g‘alati bir tuyg‘u vujudga keladi: biron bir partiyaga mansubligiga qarab va nashr egalarining Donald Trampga xayrixohligi bor-yo‘qligiga qarab, muayan nashrlar vaksinalarni ishlab chiqaradigan Amerika kompaniyalar uchun yoki Britaniya, Germaniya, hatto Xindiston kompaniyalari va universitetlari uchun hayrixohlik bildirmoqdalar, maqsad – "vaksinalar poygasida" g‘alaba qozonish sharafi "to‘g‘ri" mamlakatning biron bir tuzilmasida bo‘lishi, ammo "la’nati Tramp rejimi" bundan siyosiy bonuslarni ololmasligi. Makro miqyosda ham shunga o‘xshash mojaro mavjud: NATO yoki G7 hamkorlari bilan bilan sa’y-harakatlarni muvofiqlashtirish o‘rniga, rasmiy Vashington, ba’zi nemis OAVlariga ko‘ra, Germaniyadan AQShga istiqbolli biotexnologiya kompaniyasini kamida "sug‘urib" olishga harakat qildi, bu kompaniyada ba’zi muhim antikoronavirus ishlanmalari bo‘lgan.
Shu nuqtayi nazardan, Rossiya yoki Xitoyning koronavirusga qarshi vaksinani yaratishi va ommaviy ravishda ishlatishga yaqinligi haqidagi har qanday xabarlar G‘arb axborot maydonida jumbush reaksiyani keltirib chiqaradi, uni odatiy allergiya bilan emas, balki haqiqiy anafilaktik zarba bilan solishtirish mumkin.
Albatta, amerikalik tibbiyot amaldorlari haqiqatan ham faqat professional nuqtayi nazarga asoslangan deb taxmin qilish mumkin, ammo yuqorida aytilganlarning barchasini inobatga olgan holda, ma’lum bir siyosiy mantiqqa ega ekanligiga jiddiy gumon bor. Rossiyaning shu yil kuzida shifokorlarni ommaviy emlashni boshlash rejalari haqidagi xabarlarga shuningdek, Xitoyda ehtimoliy vaksinalarni muvaffaqiyatli sinovlari haqidagi xabarlarga rasmiy munosabatga misol sifatida, The Wall Street Journal chop etgan Amerika yuqumli kasalliklar bo‘yicha bosh mutaxassisi pozitsiyasini keltirish mumkin:
"AQShning yuqumli kasalliklar bo‘yicha bosh mutaxassisi, doktor Entoni Fauchi, juma kuni Kongressda o‘tkazilgan COVID-19 bo‘yicha kichik qo‘mitasida yig‘ilishida AQSh XHR yoki Rossiyada ishlab chiqarilgan vaksinalarni ishlatmasligini ehtimoldan xoli emasligini aytdi. "Men chindan ham xitoyliklar va ruslar vaksinani birovga berishdan oldin, haqiqatan sinovlardan o‘tkazishadideb umid qilaman, - dedi u. Menimcha, sinovlar o‘tkazilgunga qadar vaksinani tarqatishga tayyorligiga da’vo qilish ancha muammolarni keltirib chiqaradi". Shuningdek Doktor Fauchi, AQSh vaksinani yil oxirigacha olishiga umid qilayotganini ma’lum qildi".
Bloomberg biznes ma’lumotlari agentligi turli mamlakatlarda ehtimoliy vaksinalarning qiyosiy tahliliga asoslanib, Fauchi, ehtimol, Amerikaning Moderna kompaniyasining vaksinasiga umid qilayotganini tahmin qilmoqda.
Bloomberg-ning ro‘yhatida (ushbu maqola yozilayotgan paytda) Rossiyaning ishlanmalari yo‘q, bu g‘arb o‘quvchisida Rossiya imkoniyatlari haqida sohta taassurot qolishiga va Rossiya vaksinasi "noma’lum joydan" paydo bo‘lgan xomhayol paydo bo‘lishiga sabab bo‘lishi mumkin.
Hozirning o‘zidanoq "vaksinalar poygasi" qanday davom etishini taxmin qilishimiz mumkin: Rossiya yoki Xitoy vaksinasi darhol xavfli deb e’lon qilinadi va soxta yangiliklar janrida tegishli ma’lumotlar joylashtiriladi. Shu bilan bir qatorda, G‘arb auditoriyasining shubhali qismini ishontirish uchun tezis har qanday holatda ham vaksinalar ish bersa ham, ushbu vaksinalar xitoy, eron va rus xakerlari tomonidan o‘g‘irlangan deb taxmin qilingan ma’lumotlardan foydalangan holda amalga oshiriladi, jamoatchilik fikrini tayyorlash esa tegishli tarzda allaqachon amalga oshirilib bo‘lgan. Va himoyaning so‘ngi chizigi sifatida esa Rossiya va Xitoyni "vaksinali millatchiligi"da ayblash va epidemiyaga qarshi kurashni allaqanday xalqaro raqobatning analogiga aylantirish istagi bo‘ladi, ammo parallel tarzda bunday muhim masalada Pekin yoki Moskvaga qaram bo‘lib qolmaslik uchun G‘arbda o‘z vaksinalarini yaratish zarurligi haqida tezis ilgari suriladi.
Bu kabi yondashuvning muammosi shundaki, bunday "boshqariladigan chekinish"ning har bir bosqichida - va inkor qilib bo‘lmas haqiqat hujumi ostida chekinishdan boshqa iloj yo‘q - G‘arb OAVlari o‘z auditoriyasining tobora ko‘proq segmentlarining ishonchini yo‘qotadi. Bu esa Rossiya va Xitoy dezinformatsiyasiga qarshi kurashish zaruriyati haqidagi muntazam konferensiyalar va Amerika va Yevropaning tegishli tuzilmalaridan avvalgi mavqeyini tiklash uchun ko‘proq budjet ajratishni talab qilish bilan yakunlanadi. Ammo auditoriyaning ishonchini yo‘qotish oson, tiklash esa qiyin, shu bilan birga koronavirus G‘arb dunyosida shundoq ham ro‘y berib kelgan jamoatchilik ishonchining pasayishi jarayonini tezlashtirdi. G‘arb media hududida baralla ishora qilinadigan Rossiya, Xitoy va boshqa "navbatchi aybdorlar", aslida bu muammoga hech qanday aloqasi yo‘q va "vaksina millatchiligidan" g‘arbiy hamkorlarimiz o‘z ayblari sababli aziyat chekishadi va, ehtimol, mag‘rur yolg‘izlikda.
Manba: RIA Novosti.