“Temir xotin” va “Shaytanat” filmlari ssenariysi muallifi Mahmud To‘ychiyev vafot etdi

O‘zbek kinosining atoqli rejissori hamda ssenarist Mahmud To‘ychiyev 69 yoshida vafot etdi. U “Temir xotin”, “Shaytanat”, “Katta oyi”, “Ayollar saltanati” kabi filmlarga ssenariy yozgan edi.
Sputnik

TOShKENT, 3 avg — Sputnik. O‘zbek kinosining atoqli rejissori hamda ssenarist Mahmud To‘ychiyev 69 yoshida vafot etdi. Bu haqda “O‘zbekkino” matbuot xizmati xabar qilmoqda.

U “Temir xotin”, “Shaytanat”, “Katta oyi”, “Ayollar saltanati” kabi filmlar ssenariysi muallifi edi.

Mahmud To‘ychiyev 1951-yil 26-avgust kuni Toshkent shahrida tug‘ilgan. 1980-yil Butunrossiya davlat kinematografiya instituti (VGIK)ning ssenariy bo‘limini tugatgan.

“Temir xotin” va “Shaytanat” filmlari ssenariysi muallifi Mahmud To‘ychiyev vafot etdi

Sputnik tahririyati marhumning yaqinlariga chuqur ta’ziya etadi.