TOShKENT, 2 avg — Sputnik. Sog‘liqni saqlash vazirligi koronavirus bilan kasallangan andijonlik va toshkentlik fuqarolar vafoti haqida xabar qildi.
Andijon tumanida yashagan 63 yoshli B.P. (erkak)da COVID-19 tasdiqlangach, nafas yetishmovchiligi belgilari kuchaygan holatda viloyat yuqumli kasalliklar shifoxonasining reanimatsiya bo‘limiga yotqizilgan.
Unga COVID-19 ning o‘ta og‘ir kechishi, ikki tomonlama pnevmoniya tashxisi qo‘yilgan. Kasallik o‘tkir respirator distress sindromi, o‘tkir yurak qon-tomir va nafas yetishmovchiligi asoratlari bilan kechgan.
U o‘tkir nafas, yurak qon-tomir hamda poliorgan yetishmovchiligidan vafot etgan.
Poytaxtning Uchtepa tumanida yashagan 56 yoshli D.Sh. (ayol)da COVID-19 tasdiqlangan va tana harorati ko‘tarilib, nafas yetishmovchiligi kuchayganligi sababli Toshkent tibbiyot akademiyasining klinikasiga yotqizilgan.
Unga COVID-19 ning o‘ta og‘ir kechishi, ikki tomonlama pnevmoniya tashxisi qo‘yilgan. Kasallik o‘tkir respirator distress sindromi, o‘tkir nafas yetishmovchiligi, o‘pka shishi, poliorgan yetishmovchiligi asoratlari bilan kechgan.
Ayol o‘tkir nafas va yurak qon-tomir yetishmovchiligi, o‘pka shishidan vafot etgan.
Shu tariqa O‘zbekistonda koronavirus qurbonlari soni 151 nafarga yetdi.