Marg‘ilonda mashina olib qochgan shaxs yosh bolaning umriga zomin bo‘ldi

Fuqaro qarovsiz qoldirilgan “VAZ-2101” mashinasini olib qochgan. Yo‘lda ketayotib voyaga yetmagan ikki bolani urib yuborgan.
Sputnik

TOShKENT, 2 avg — Sputnik. Marg‘ilon shahrida fuqaro mashina olib qochdi va ikki nafar voyaga yetmagan bolalarni urib bordi. Bu haqda Farg‘ona viloyati IIB xabar qilmoqda.

Qoraqalpog‘istonda ichki ishlar rahbari fuqaroni xizmat avtomobilida urib ketdi

Ma’lum bo‘lishicha, 31-iyul kuni fuqaro S.O. B.Marg‘iloniy ko‘chasida qarovsiz qoldirilgan S.R.ga tegishli “VAZ-2101” rusumli  avtomashinani olib qochgan.

Yangiyo‘l kichik tor ko‘chasida boshqarib ketayotib, qatnov qismini piyoda kesib o‘tayotgan voyaga yetmagan R.A. va T.A.larni urib yuborgan. Ular tan jarohati olib shifoxonaga yotqizilgan. Shifoxonada R.A. vafot etgan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 267-moddasi 1-qismi (transport vositasini olib qochish) bilan jinoyat ishi ochilgan.  Ayblanuvchiga nisbatan qamoqqa olish ehtiyot chorasi qo‘llanilgan.