Koronavirusdan keyin zaruriy vitaminlar ma’lum qilindi

Rossiyalik kardiologning so‘zlariga ko‘ra, COVID-19 dan davolanib chiqqandan keyin yomon ahvol saqlanib qolinganda D vitamini, V vitaminlar guruhini ichishni tavsiya qilish mumkin.
Sputnik

TOShKENT, 2 avg — Sputnik. Tibbiyot fanlari nomzodi, kardiolog Tatyana Ribka “Rossiyskaya gazeta” nashriga bergan intervyusida koronavirusdan davolanib chiqqandan so‘ng ichish tavsiya qilingan vitaminlarni ma’lum qildi.

Koronavirusga chalingan bemorlarda eshitish qobiliyati yomonlashadi - olimlar

Shifokorning so‘zlariga ko‘ra, agar bemor belgilangan tartibda COVID-19 dan davolansa, uning uchun kasallikning og‘ir oqibatlari kam bo‘ladi.

“Kasallikdan keyin yomon ahvol saqlanib qolinganda D vitamini, V vitaminlar guruhini ichishni tavsiya qilish mumkin”, - dedi u.

Bundan tashqari, shifokor mehnat va dam olish rejimiga rioya qilishni tavsiya qildi. Ko‘proq sayr qilish ham foydali.