TOShKENT, 1 avg – Sputnik. Rossiya Sog‘liqni saqlash vazirligi N.F.Gamaleya markazi tomonidan ishlab chiqilgan, koronavirus infeksiyasiga qarshi vaksinalarning klinik sinovlari yakunlandi. Bu haqda jurnalistlarga RF sog‘liqni saqlash vaziri Mixail Murashko ma’lum qildi. Ayni vaqtda vaksinani ro‘yxatdan o‘tkazish uchun hujjatlar tayyorlanmoqda.
"Gamaleya markazi tomonidan ishlab chiqilgan, koronavirus infeksiyasiga qarshi vaksinaning klinik tadqiqotlari yakunlandi va hozirda uni ro‘yxatdan o‘tkazish jarayoni uchun hujjatlar to‘plami tayyorlanmoqda", - dedi Murashko.
Vazir xabariga ko‘ra, aholini ommaviy emlash ishlari mediklar va o‘qituvchilardan boshlanadi.
"Ro‘yxatdan o‘tkazilganlik guvohnomasi olingach, qo‘llanila boshlaydi va parallel ravishda (kuzatuv ishlari) olib boriladi, vaksinatsiya alohida guruhlardan boshlanadi - bu birinchi navbatda mediklar va o‘qituvchilardir, bundan tashqari vaksina qilingan bemorlar ustidan nazorat ishlari boshlanadi", - dedi Murashko jurnalistlarga.
Vazirning so‘zlariga ko‘ra, Rossiyada koronavirus infeksiyasiga qarshi ommaviy vaksinatsiya oktabr oyida boshlanishi rejalashtirilgan.