Simonov: suv resurslarini taqsimlash Markaziy Osiyo mamlakatlari uchun o‘ta og‘riqli masala

Milliy energetik xavfsizlik fondi bosh direktori Konstantin Simonov Markaziy Osiyo mintaqasi va Tojikistonning gidroenergetika sohasidagi muammolariga sharh berdi
Sputnik

Tojikiston O‘zbekiston va afg‘onistonga elektr energiyasini uzatishni to‘xtatmoqda. Mamlakatning ichida ham elektr energiyasini uzatishda cheklovlar kiritilmoqda. Qaror Nurek suv omboridagi suv sathining misli ko‘rilmagan darajada pasayib ketishi bilan bog‘liq.

Tojikiston O‘zbekiston va Afg‘onistonga elektr energiyasini yetkazib berishni to‘xtatmoqda

 

Milliy energetik xavfsizlik fondi bosh direktori Konstantin Simonovning so‘zlariga ko‘ra, Markaziy Osiyo mintaqasining energetika sohasi va boshqa segmentlaridagi asosiy muammo shundaki, Sovet Ittifoqi parchalanganidan keyin mustaqillik toifasida fikrlashadi, garchi ularning suverenitetini hech kim shubha ostiga qo‘ymasada.

"Birinchidan, davlatlar ko‘pincha vaziyatga kompleksda qarashni, ya’ni kooperatsiya yoki boshqa narsa uchun qanday imkoniyatlar borligini bilishni xohlashmaydi. Ikkinchidan, qo‘shnilar bilan muloqotda iqtisodiy yoki energetik kuzirga ega bo‘lish uchun ular har doim allaqanday dalillarni topishga harakat qiladilar: ya’ni "menda shunday narsa borki, siz buni inkor eta olmaysiz" mazmunida", - deya tushuntiradi Sputnik Tojikiston bilan suhbatda ekspert.

Grozin: MO davlatlarini suv tanqisligi kutmoqda, inqirozni faqat birgalikda yengish mumkin

Simonov suv zaxiralari taqsimotini Markaziy Osiyo mamlakatlari uchun ko‘plab mojarolarni keltirib chiqaruvchi og‘riqli muammo deb atadi. Uning so‘zlariga ko‘ra, suv mavzusi energetika bilan chambarchas bog‘liq, sababi shu tufayli tabiiy kataklizmalar ro‘y beradi.

"Qurg‘oqchilik - ushbu regionda ko‘p uchrab turadigan holatdir. Hozir ushbu holatni Tojikistonda kuzatmoqdamiz: suv resurslari ketdi, tabiiyki, gidroenergiyani ishlab-chiqarish imkoniyati tushib ketdi. Tojikistonning o‘zi ham, qo‘shni davlatlar ham aziyat chekmoqda. Ammo bu holat kutilmagan emas. Nega deganda, ushbu region iqlimi yozgi qurg‘oqchilik davrlarini ko‘zda tutadi, bu borada hech qanday mexanizm mavjud emas, shu bois, muntazam ravishda bu kabi murakkab holatlar yuz berib turadi", - deya izoh berdi Simonov.

Gidroenergetik tizim obyektiv tarzda davlatlarni bog‘lab turadi, deya qayd etdi ekspert.

"Menimcha, bu vaziyatdan harakat chizig‘ini tubdan o‘zgartirib va ​​qandaydir kooperatsiyaviy modellarni yaratish kerakligini anglagan holda chiqish mumkin", - deya xulosa qildi ekspert.