"Kalmar-vampir" vahima qilmoqda: dollar dunyo valyutasi maqomini yo‘qotishi mumkin

Goldman Sachs bahorda o‘z mijozlariga yopiq maslahatlarda dollardan voz kechib oltin va bitkoin sotib olishni maslahat bergan edi. Endi bo‘lsa bank ushbu ma’lumotni keng auditoriyaga tarqatmoqda.
Sputnik

O‘zining kuchli siyosiy ta’siri bilan tanilgan, dunyoning ko‘plab mamlakatlariga sobiq xodimlaridan yuqori lavozimli amaldorlar “yetkazib bergan”, Amerikaning eng yirik banklaridan biri, yaqinda vahimali bayonot bilan chiqdi: dollar dunyoning bosh valyutasi sifatida kuni bitishi mumkin. RIA Novosti xabariga asosan. 

Rossiya aholisiga dollar o‘rniga oltin taklif qilindi

Goldman Sachs — bir trillion dollar aktivlar sohibi, Uoll-strit va moliyaviy doiralarda katta hurmatga ega. 2008-yilgi iqtisodiy krizisdan so‘ng Mett Taybbi ismli jurnalistdan ushbu bankka o‘ziga xos "Kalmar-vampir" (Vampire squid) – degan korporativ  laqabini qo‘ygan edi.

“Goldman Sachs haqida siz birinchi navbatda bilishingiz kerak bo‘lgan narsa bu – uning hamma joyda borligida. Dunyodagi eng kuchli investitsion bank – bu odam qiyofasidagi ulkan kalmar-vampir bo‘lib, u o‘zining qonli girdobiga pul hidi kelib turgan barcha narsani so‘rib olmoqda”, - deb yozgan edi Taybbi The Rolling Stone nashrida 2010-yilda.

Shundan so‘ng ushbu laqab nufuzli moliya tashkilotiga go‘yoki yopishib qolgandek. Sarmoya gigantining ko‘plab sobiq xodimlari AQSh Moliya vazirligida yuqori lavozimlarda ishlashini hisobga olganda, uning aksariyat bashoratlariga jiddiy quloq tutishga to‘g‘ri keladi.

Dollar muammoga duch keldi: milliarderlar muqobil yo‘l topdi

Lekin Bank tomonidan dollarning dunyo valyutasi sifatida tanqid qilinishi, bu AQShda joylashgan moliyaviy tuzilmalar uchun yangilikdir. Chunki odatda AQShda “propiskadan o‘tgan” moliyachilar qanday tahlil o‘tkazishmasin uning natijasi dollarning “mustahkam barqarorligini” ko‘rsatgan.

Qandaydir ma’noda  Goldman Sachs – bu bugungi sanoatdan uzoqlashib moliyaviy manipulyatsiyalarga berilgan Amerikaning timsolidir. Bir vaqtldar AQShning timsoli General Motors edi. O‘shanda prezident Vilson “General Motors uchun nimaki yaxshi bo‘lsa, bu – Amerika uchun ham yaxshidir”, - degandi.

Hozir esa AQSh bu ishlab chiqrish birlashmasi emas, balkim - investitsion bankdir. U ba’zan o‘z bayrog‘ini jinsiy ozchilikning rang-barang tusiga bo‘yaydi, ba’zan o‘ta axloqsiz harakatlarga yo‘l qo‘yadi, lekin hali ham dunyoda uning ta’siri kuchli. Hozir u bank o‘z valyutasining kelajagi haqida jiddiy qayg‘urmoqda, chunki dollar taqdiri - Amerika taqdiri ekanini yaxshi tushunadi.

Yana bir amerikalik moliya axborot agentligi Bloomberg, dushanba kuni Goldman Sachs xavotirlariga qo‘shilgan holda, AQShdagi inflyatsiya kuchayishidan xavotirda ekanini va dollar dunyo valyutasi maqomini yo‘qotishi mumkinligini aytib chiqdi.

AQShning pandemiya bilan barbod bo‘lgan iqtisodini qo‘llab-quvvatlash uchun Kongress navbatdagi moliyaviy  choralarni kiritib, Federal Rezerv tizimi o‘z balansini so‘nggi yil ichida 2,8 trillion dollarga oshirgan vaqtda Goldman strateglari AQShning ushbu siyosati dollar qulashini va dunyo valyuta bozorlaridagi yetakchi o‘rnini yo‘qotib qo‘yishi mumkinligi xavfi borligini e’lon qilishdi.

Dollar narxi pasayib, oltin qimmatlashmoqda

Lekin bir narsaga - shunday qaltis vaziyatda ham Goldman Sachs  o‘z mijozlariga to‘g‘ri yo‘l ko‘rsatayotganiga qoyil qolish kerak. Bank bahordayoq, Federal rezerv hali moshinkasini ishga tushirmagan vaqtda, o‘z mijozlari bilan yopiq maslahatlar o‘tkazib, ularga dollardan voz kechib uni oltin va bitkoinga almashtirishni maslahat bergan edi. Endi esa bank ushbu  muammoni maksimal keng auditoriyaga olib chiqdi. Uning bayonotini so‘ng dunyoning barcha OAVlari translyatsiya qildi.

Lekin ikkinchi tomondan hozircha aksariyat moliyaviy doiralarda ushbu nuqtayi nazarga amal qilayotganlar soni baribir kamchillikni tashkil qilmoqda, Goldman ham – dollarning qulashi 100% aniq sodir bo‘ladi degani yo‘q.

Masalan “AQSh dollari hozir rezerv valyuta maqomini yo‘qotishga bir bahya ham yaqin kelgani yo‘q, uning dunyo bozorlaridagi chuqur joylashgan o‘rni va global tranzaksiyalar bunga yo‘l qo‘ymaydi, deb hisoblaydi Britaniyaning Barclays banki Shimoliy va Janubiy Amerikada valyuta savdosi bo‘limi rahbari Maykl Krupkin.

Muammo shundaki, dollar qulashiga Amerkianing moliya hamjamiyatining aksariyat qismi ishonganda – allaqachon kech bo‘ladi. Unda dollar ustuvor bo‘lgan dunyo moliya tizimi qulagan yoki qaytmas nuqtadan o‘tgan bo‘ladi.

2021 yilda dollar qulaydi - amerikalik iqtisodchi

Dollar tizimi bu safar ham inqirozni yengib o‘tishiga yana bir dalil – bu 2008 – 2009-yillardagi krizis vaqtida Federal rezerv to‘xtovsiz pechat moshinkani ishlatsa-da – dollar tizimi omon qolgan edi. Lekin bu safargi chop etilayotgan dollarlar hajmi o‘tgan safargisidan beqiyos ko‘pdir. Ikkinchidan, o‘sha yillarda AQSh bir qutbli dunyoning so‘zsiz yetakchisi bo‘lgan.

Hozir bo‘lsa vaziyat butunlay boshqacha tus olgan: amerika shaharlarida notinchlik, fuqaro urushi boshlanish xavfi paydo bo‘lmoqda. Ikkala partiya ham saylov natijalarini tan olmaslikni rejalashtirmoqda. Bir qutbli dunyo esa yo‘q bo‘lgan. Hozir dunyoning asosiy hodisasi bu – AQSh va Xitoy orasida boshlangan sovuq urush 2.0 kelajakda qanday ko‘rinishga ega bo‘lishidadir.

Axborot bilan yaxshi ta’minlangan va dono "Kalmar-vampir" bekorga bong urayotgani yo‘q. U budjetini tartibga keltirilishini va AQShga so‘nggi 50-yil ichida ulkan ustuvorlik bergan dollar tizimini himoya qilishni istaydi. Obro‘li bankning ushbu ogohlantirishi kerakli kishilarga albatta yetib boradi, lekin bugungi sharoitda amerika siyosatchilari dollarni dunyo valyutasi sifatida saqlab qolish uchun talab qilinadigan ommabop bo‘lmagan choralarni qabul qilishi dargumon.