Bobur, Imron, Charos: Tojikiston ta’qiqlangan ismlar ro‘yxatini yangiladi

Tojikiston til va atamalar bo‘yicha qo‘mitasi xodimlari 2020-yilning birinchi yarim yilligida amalga oshirilgan ishlar yuzasidan hisobot berdilar. Ma’lum bo‘lishicha, qo‘mita ta’qiqlangan ismlar ro‘yxatini yangilagan
Sputnik

TOShKENT, 30-iyul — Sputnik. Tojikiston til va atamalar bo‘yicha qo‘mita rahbari Olimjon Muhammadjonzoda matbuot-anjumanida mamlakatda qo‘yilishi ta’qiqlangan ismlar ro‘yxati yangilangani haqida ma’lumot berdi, deb yozadi Sputnik Tojikiston.

Tojikistonda chaqaloqlarga serial qahramonlari ismini qo‘yish ta’qiqlanadi

Tojikistonda farzandga ism tanlashda normativlar mavjud. Agar ota-ona o‘z dilbandiga qo‘ymoqchi bo‘lgan ismni ro‘yxatda topa olishmasa, Qo‘mitaga talabnoma yo‘llaydilar, u yerda mutaxassislar tomonidan fuqarolardan kelib tushgan takliflar tezkor tahlil etiladi.

2020 yilning birinchi yarmida farzandlar uchun 217ta yangi ismlar tasdiqlangan.

"Shu bilan bir vaqtning o‘zida tojik tili normalariga amal qilinmagani, ism madaniyati va an’analariga mos kelmaganligi, shuningdek, tarixiy fonning mavjud emasligi tufayli 223ta ism rad etilgan", - deb xabar bergan Muhammadjonzoda.

Xususan, endilikda Tojikiston fuqarolariga o‘z farzandlariga Izabella, Senzora, Imron, Bobur, Qamchinbek, Shomil, Naina, Shunqor, Charos, Sunavvar, deya ism berish ta’qiqlangan.