"Pul bermasang - sharmanda bo‘lasan": g‘ijduvonlik qiz intim-shantaj qurboniga aylandi

Buxorolik qiz intim-shantaj qurboniga aylandi. O‘z sevgilisiga yuborgan shaxsiy fotosuratlarini boshqa bir tanishi ko‘rib qolib, qarindoshlariga ko‘rsatish bilan tahdid qila boshlagan
Sputnik

TOShKENT, 29-iyul - Sputnik. Yoqtirgan yigitiga shaxsiy fotosuratlarini yuborgan g‘ijduvonlik qiz tovlamachilik qurboniga aylandi, deb xabar bermoqda O‘zbekiston IIV huzuridagi Tergov departamenti.

Xorazmlik qiz intim-shantajchi qurboniga aylandi

Xabarda aytilishicha, hodisa joriy yil aprel oyidan boshlangan.

Qizni o‘z tanishi - 31 yoshli ayol shantaj qilgan. Ya’ni yoqtirgan yigitiga Telegram orqali intim suratlarni yuborganligini ko‘rib qolganligini aytib, ushbu fotosuratlarni ota-onasi va boshqalarga ko‘rsatib, sharmanda qilish bilan tahdid qilishga kirishgan.

Yaqinlariga sharmanda qilmaslik, shaxsiy ma’lumotlarni sir saqlash evaziga aprel oyidan to 20-iyul kuniga qadar bo‘lgan vaqt oralig‘ida ayol qizdan jami 3 ming 700 AQSh dollari, umumiy bahosi 20 million so‘m bo‘lgan bir dona tillo zanjir, uch dona ayollar tillo uzugi hamda bir dona ayollar tillo ziragini qo‘lga kiritgan.

Kim Chen In erta yoshdagi intim aloqalarni davlatga xiyonatga tenglashtirdi

Joriy yilning 20-iyul kuni shantajchi o‘zining jinoiy harakatlarini davom ettirib, qizdan fotosuratlarni tarqatmaslik evaziga yana 1 ming AQSh dollari talab qilgan va aytilgan pullardan 200 dollarini olayotgan vaqtda G‘ijduvon tuman IIO FMB xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan G‘ijduvon tuman IIO FMB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan O‘zbekiston Jinoyat kodeksining 165-moddasi 1-qismi (tovlamachilik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, hozirda dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.