Kreml COVID-19 bo‘yicha dezinformatsiya tarqatishda Rossiyaga qarshi ayblovlarga javob berdi

Rossiya prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskov Amerika OAVlarida nashr etilgan Moskva koronavirus bo‘yicha “dezinformatsiya” kampaniyasi haqidagi xabarlarni “beto‘xtov fobiya” deb atadi.
Sputnik

TOShKENT, 29-iyul - Sputnik. Rossiya prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskov Amerika OAVlarida nashr etilgan Moskva koronavirus bo‘yicha “dezinformatsiya” kampaniyasi haqidagi xabarlarni “beto‘xtov fobiya” deb atadi.

Putin Rossiyadagi koronavirus bilan bog‘liq vaziyatga baho berdi

Uning so‘zlariga ko‘ra, Rossiya OAVlari COVID-19 bilan bog‘liq vaziyatni faol yoritmoqda, ammo jurnalistlarning sifatli va obyektiv ishlarida soxta narsalarni qidirishga hojat yo‘q.

"Rossiyaga kelsak, unda ham muammolar yo‘q emas, lekin bu qiyin davrdan o‘tmoqda. Boshqa mamlakatlarga qaraganda yaxshiroq o‘tmoqda. Haqiqatan ham barcha OAVlar AQSh ushbu davrda boshidan kechirayotganidagi jiddiy muammolarni ko‘rsatmoqda. Shuning uchun bu holatda kimdir allaqanday dezinformatsiya haqida gapirsa ham, bu qandaydir “beto‘xtov fobiya”ga o‘xshab qolmoqda”, - deydi Dmitriy Peskov

Avvalroq Assoshieyted Press va The New York Times gazetalarida Rossiyani koronavirus pandemiyasi haqida yolg‘on ma’lumot tarqatishda ayblagan maqolalar chop etilgan edi.

Materiallar mualliflari ta’kidlashicha, Razvedka Bosh boshqarmasining ikki sobiq xodimi - Aleksandr Starunskiy va Denis Turin, amerikaliklarning kayfiyatiga ta’sir qilish maqsadida InfoRos, InfoBrics.org va OneWorld.press saytlari orqali COVID-19 haqida 150 ga yaqin haqiqatdan yiroq maqolalarni chop etishgan. OAV manbalariga ko‘ra, bu orqali Moskva noyabrda bo‘lib o‘tadigan AQSh prezident saylovlariga ta’sir o‘tkazishga harakat qilmoqda.

Davlat dumasida amerikalik jurnalistlarning bayonotlari soxta va saylovoldi tashviqoti deb nomlandi, Federatsiya Kengashi Xalqaro qo‘mitasi rahbarining birinchi o‘rinbosari, FSB generali Vladimir Djabarov esa Rossiya AQShdan farqli o‘laroq, boshqa davlatlarni koronavirus tarqalishida ayblamaganligini va bunday maqolalarning maqsadi “tashqi dushmanni topish”, - deb ta’kidladi.

Rossiya va dunyodagi COVID-19 bilan bog‘liq so‘nggi ma’lumotlar stopcoronavirus.rf portalida keltirilgan.