Samarqand aeroportida Sankt-Peterburgdan navbatdagi charter kutib olindi

Sankt-Peterurgda Samarqandga maxsus charter parvoz bilan 274 nafar O‘zbekiston fuqarolari oib kelindi. Ayni damda ularning barchasi karantin markaziga joylashtirilgan.
Sputnik

TOShKENT, 28-iyul - Sputnik. Samarqand xalqaro aeroportida Sankt-Peterburgdan kelgan yurtdoshlarimizni kutib olindi, deb xabar qilmoqda Uzbekistan Airports.

"26 iyul kuni soat 21:56da "Sankt Peterburg - Samarqand - Toshkent" yo‘nalishidagi Boing-787 rusumli havo kemasi Samarqand xalqaro aeroportiga qo‘ndi. Charter reys orqali 274 nafar yurtdoshlarimiz manzilga xavfsiz yetib keldi", - deyilgan xabarda. 

Respublika Maxsus komissiyasi tomonidan belgilangan tartibga ko‘ra, Sankt-Peterburgdan kelgan barcha fuqarolar avtobuslarda Samarqanddagi Kimogarlar shaharchasida yangi qurilgan karantin muassasasiga joylashtirilgan.

Samarqand aeroportida Sankt-Peterburgdan navbatdagi charter kutib olindi

O‘zbekiston tashqi ishlar vazirligiga ko‘ra, bugungi kunda Rossiyada vaqtincha mehnat faoliyati olib borayotgan 80 mingdan ortiq O‘zbekiston fuarolari vataniga qaytish uchun ro‘yxatga yozilgan. Ayni damda karantin choralari kuchaytirilishi munosabati bilan cheklangan miqdorda charter parvozlar amalga oshirilmoqda. Rossiyada doimiy parvozlar tiklanishi 1-sentabrdan kutilmoqda.

Samarqand aeroportida Sankt-Peterburgdan navbatdagi charter kutib olindi

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda koronavirus bilan bog‘liq vaziyat keskinlashuvi tufayli karantin cheklovlari muddati 15-avgustga qadar uzaytirilgan edi. Bugungi kunda O‘zbekistonda koronavirusga chalinganlar soni 21500dan oshgan. O‘tgan tun davomida 300 yaqin yangi bemor aniqlangan.

Samarqand aeroportida Sankt-Peterburgdan navbatdagi charter kutib olindi