Visoskiyning o‘limi haqidagi sportchilardan sir saqlandi
1980 yilda Moskva Olimpiadasida oltin medalni qo‘lga kiritgan sovet va Qozog‘iston suv polosi bo‘yicha o‘yinchi Sergey Kotenkoning so‘zlariga ko‘ra, Visoskiy hal qiluvchi o‘yin arafasida vafot etdi, bu fojiali xabar sportchilardan sir saqlandi.
“Visoskiy o‘limi haqida bir kundan keyin eshitdik. Bizga hech kim hech narsa aytmadi, faqat negadir san’atkorning Olimpiya shaharchasidagi konserti bekor qilindi. Shundan so‘ng biz motam varog‘ini ko‘rdik, undan biz Vladimir Semenovich vafot etganligini bildik”, - deydi Kotenko.
U shoir bilan bog‘liq qiziqarli voqeani eslaydi. 1979-yilda jamoa Gollandiyadan Olimpiadan oldingi musobaqadan qaytayotgandi: Sheremetevo aeroportida pasport nazorati paytida yigitlar Marina Vladini ko‘rishadi.
“O‘sha vaqtda uni hamma tanirdi: u jinsi kostumida, guldasta bilan turgandi. Vladimir Semenovich uni quchoqlaydi, Slava Obodkov (suv polosi bo‘yicha SSSRning ko‘p karra chempioni - tahr.) esa kelib, ularga shunday deydi: "To‘xtanglar, avval menga dastxatingizni bering, keyin esa o‘pishasizlar”, - deb kuladi sportchi.
Sportchi Visoskiyning ijodini juda yaxshi ko‘rishini tan oladi va u Olmaotaga kelganida, har doim uning spektakllariga borgan.
"Ammo, afsuski, biz Visoskiyni Olimpiya shaharchasida ko‘rmadik", - deb qo‘shimcha qiladi Olimpiya chempioni.
1980 yilda Olimpiya shaharchasining ibodat zalida xizmat qilgan Rossiyaning bosh ravvini Adolf Shayevich artist hayotining so‘nggi kunlariga oid yana bir voqea haqida Sputnik’ga so‘zlab beradi.
"1976-77 yillarda, Budapeshtda tahsil olayotganimda, Taganka teatri Vengriyaga gastrol safari bilan keldi. Hamkasbim Visoskiy oldiga borib, spektakldan keyin uchrashish tashkil qilishga muvaffaq bo‘ldi. Biz vino sotib oldik, ammo mehmonxonaning ostonasida Vladimir Semenovich bilan to‘qnashdik: "Bolalar, uzr, hamma narsa bekor bo‘ldi, Marina [Vladi] to‘satdan keldi va men aeroportga ketapman. Uchrashuvimiz mana shunday amalga oshmay qoldi! " - afsus bilan eslaydi Adolf Solomonovich.
Nega sovet matbuoti sukut saqladi
Yozgi Olimpiada-80 SSSR uchun bunday katta miqyosdagi birinchi sport musobaqasi edi. Shuning uchun, "yuqorida" umumittifoq kumirining o‘limi haqida sukut saqlashga qaror qilindi. Visoskiyning o‘limi haqidagi ma’lumotni faqat ikkita Sovet gazetalari - "Vechernyaya Moskva" va "Sovetskaya kultura" (boshqa versiyalarga ko‘ra - "Sovetskaya Rossiya") e’lon qildi va “Vecherka”ning nekrologi lavozimidan ayrilgan emish.
Ba’zi xotiralarga ko‘ra, "Vechernyaya Moskva" shoirning vafot etgani haqida e’lon qilgan yagona nashr bo‘lgan ekan. Gazetaning 1980-yil iyuldagi soni Tagankadagi V.S.Visoskiy nomidagi Davlat madaniyat markazi-muzeyida saqlanadi.
"Juda qisqa: shu vaqtda, shunday hayot yilida teatr va kino aktori Vladimir Semonovich Visoskiy vafot etdi. Do‘stlar hamdardlik bildirmoqda. Mana Visoskiyning o‘limi haqidagi rasmiy matbuotda bo‘lgan ma’lumot", - deb ta’riflaydi gazeta nekrologi Aleksandr Mixaylov, zaxiradagi FXX generali, u 1980-yilda Olimpiadaning ochilish va yopilish marosimlarining xavfsizligini ta’minlash shtabida ishlagan.
Qayg‘uli xabar ataylab sir saqlangan bo‘lishiga qaramay, ko‘plar kumirning o‘limi haqida mish-mishlar orqali bilib olishdi.
"Bugundan hammasini eslayman. Ertalab Olimpiya shaharchasidagi restoranda nonushta qilgani keldim va shu zahotiyoq bu xabarni yetkazishdi. Radio tinglashni boshladik, barcha telekanallar ko‘rib chiqdik: batamom sukutnat. Keyinchalik kunning o‘rtalarida baribir rasmiy xabar qilishdi”, - deydi Shayevich.
Zubovskiy bulvardagi Olimpiya o‘yinlarining asosiy matbuot markazida (hozir binoni "Rossiya segodnya" xalqaro axborot agentligi egallaydi – tah.) qo‘shiqchining o‘limi 25-iyul kuni kechqurun e’lon qilindi.
"Kechqurun Alla Pugacheva matbuot markazida konsert berdi. U chiqdi va birinchi navbatda Visoskiyning vafoti haqida e’lon qildi. Uning xotirasiga "Men baxtsizligimni bahor muzida olib yurdim ... " degan qo‘shiqni kuyladi" - deydi bosh muharrir Olga Serova, 1980-yil yozida universitetda birinchi kursdan so‘ng matbuot markazida amaliyot o‘tagandi.
Visoskiy bilan vidolashuv marosimiga 600 nafar drujinnik jalb qilindi
"Visoskiy tunda vafot etdi (shifokor Anatoliy Fedotovning so‘zlariga ko‘ra, u kechasi soat uchdan beshgacha vaqt mobaynida vafot etgan), ertalab KGB bu haqda allaqachon bilgan. Soat 11 da Moskva shahar partiya qo‘mitasiga maxsus xabarnoma yuborilgan", - deb eslaydi Mixaylov.
Ertasi kuni Moskva KGB bo‘limi tashabbusi bilan “Mossovet”da yig‘ilish bo‘lib o‘tdi. Zaxiradagi FXX generalining so‘zlariga ko‘ra, majlisni o‘sha paytda Moskva Sovetining Ijroiya qo‘mitasi raisi Vladimir Promislov (1963-1986 yillarda rais) olib bordi. Uchrashuv qatnashchilari nafaqat dafn marosimini tashkil qilish, balki uning xavfsizligini ta’minlash masalalarini ham hal qilishdi.
"Yuriy Petrovich Lyubimov (1964-1984 yillarda - Taganka nomidagi Moskva teatrining badiiy rahbari – tahr.) KGBdan Visoskiy bilan vidolashuv marosimida tartibni ta’minlash maqsadida o‘z kuchlarini jalb qilinishini so‘radi. Biz olimpiya obyektlaridan 600 nafarga yaqin drujinnik chaqirishga majbur bo‘ldik", - deb ta’kidlaydi Mixaylov.
Bular komsomol okrug qo‘mitalari orasidan saylangan komsomol ishchilar otradlari a’zolari edi. Ular kulrang shim va ko‘k ko‘ylak kiyishgan. Drujinniklar va militsiya bilan birga tartibni ta’minladi, shoir bilan vidolashmoqchi bo‘lgan odamlar navbatini nazorat qilishdi.
"Visoskiyni hamma yaxshi ko‘rgan va dafn marosimi paytida hech qanday provokatsiya bo‘lmasligiga harakat qildi. Juda ko‘p odamlar bor edi. Xonanda bilan vidolashmoqchi bo‘lgan odamlarning navbati - “Kotelnicheskaya naberejnaya”dagi baland qavatli bino orqasigacha cho‘zilib ketdi", - deydi Mixaylov.
O‘shanda "Taganka" ga 100 mingdan ortiq odam keldi, guvohlarning so‘zlariga ko‘ra, teatr kirish eshigigacha navbat to‘qqiz kilometrga yetdi.
“Bu haqiqatan ham xalq vidolashuvi edi. Odamlar nafaqat teatrni qurshab olishdi, xonandani so‘nggi marta ko‘rish uchun ko‘plab fuqarolar uy tomlari, avtobus bekatlari, chiroq ustunlariga chiqib olishdi", - deydi Mixaylov.
"Bu keskin farq bo‘ldi. Yarim bo‘shab qolgan Moskva - butun olomon “Vagankovskoe” qabristonida. Ajoyib birdamlik hissi", - deydi 1980-yilda Olimpiada o‘yinlarida qatnashgan Temirbulat Bilyaliyev.
Visoskiyning qabri muxlislar uchun ziyorat maskaniga aylandi
Dafn marosimidan keyin Visoskiyning qabri muxlislar uchun ziyorat maskaniga aylandi.
"Ziyoratchilarni o‘ziga tortishi ko‘p hollarda qabristonda o‘zini tutish qoidalari buzilishiga olib keldi. Havaskor qo‘shiqchilar paydo bo‘ldi, qabr oldida xonandaning ashulalarini tinglash uchun odamlar o‘zi bilan magnitafonlar olib kelishdi. Ammo qabriston - konsert o‘tkazish joyi emas", - deydi ta’kidlaydi Mixaylov.
"O‘limidan so‘ng besh-olti yil Visoskiy qabrini ziyorat qilish davom etdi. Uning xotira kunlarida ko‘plab odamlar kelishgan edi", - deb qo‘shib qo‘ydi 1984- 1992-yillarda Vagankovskiy qabristonidagi cherkovda xizmat qilgan protoriyerey Nikolay Sokolov.
Afsuski, xonandaning o‘limida pul ishlamoqchi bo‘lganlar ham bor edi. Visoskiyning suratlari va yozuvlari qora bozorda sotishdi.
"Biz, albatta, militsiya kuchi bilan bu chayqovchilarni haydadik", - deydi Mixaylov.
Visoskiyning onasi Nina Maksimovnaning so‘zlariga ko‘ra, o‘g‘li o‘limidan keyin uning kvartirasiga ko‘p odamlar kelgan va ko‘plab shaxsiy buyumlar, fotosuratlar, kassetalar yo‘qolgan - mehmonlar ularni esdalik sifatida olishgan.
"Visoskiy vafotidan bir-ikki yil o‘tgach, o‘zini qo‘shiqchining yaqin do‘sti deb aytgan kishi AQShga ketmoqchi bo‘ladi. Bojxona uni Visoskiyning ish yozuvlari bilan 40 yoki 60 dona kassetasini olib qo‘ydi. Ya’ni bu yozuvlar xonandaning butun ijodiy jarayonini o‘z ichiga oladi: u qanday qilib matnga musiqa tanlashi, o‘nlab variantlar", - deb eslaydi Mixaylov.
KGB Visoskiyning ijodiy merosi chet elga olib ketishidan xavfsiragan
Mixaylovning aytishicha, Visoskiy rafiqasi Marina Vladi shoirning mualliflik huquqining merosxo‘ri bo‘lgan va marhum erining xotirasiga qanday munosabatda bo‘layotganiga diqqat bilan kuzatgan.
"KGBda tushunishgan: tezroq harakat qilish kerak, aks holda Vladi Visoskiyning butun arxivini yig‘ib, Fransiyaga olib ketadi. Visoskiyning ijodi bilan bog‘liq hamma narsa SSSRda qolishi muhim edi. 1981-yilda"Sovremennik" nashriyotida Vladimir Semenovichning she’rlari to‘plamini chop etildi. Adadi oz bo‘lsa-da, ammo aktorning ijodiga davlatning munosabati ko‘rsatilgandi", - deb ta’kidlaydi zaxiradagi FXX generali.
1986 yilda Visoskiy vafotidan keyin RSFSRda xizmat ko‘rsatgan artist unvoniga sazovor bo‘ldi va 1987-yilda esa "Uchrashuv joyini o‘zgartirib bo‘lmaydi" (Mesto vstrechi izmenit nelzya) filmida Gleb Jeglov roli uchun SSSR Davlat mukofotiga sazovor bo‘ldi. O‘sha yili u haqida birinchi film - Eldar Razanovning "Vladimir Visoskiy bilan to‘rt uchrashuv" filmi chiqdi. 1988-yil 25-yanvarda Taganka teatrida Yuriy Lyubimov tomonidan sahnalashtirilgan "Vladimir Visoskiy" spektaklining premyerasi bo‘lib o‘tdi.
Visoskiy hayoti davomida nafaqat SSSRning ko‘plab shaharlarida, balki AQSh, Bolgariya, Fransiya, Kanada va boshqa davlatlarda 1000 dan ortiq konsert berdi.
"Vladi Fransiya Kommunistik partiyasining siyosiy burosining a’zosi edi. Shu munosabat bilan Visoskiy haqida yuzaga keladigan barcha savollar avtomatik ravishda olib tashlanardi. Ya’ni uning dahsizligi va immuniteti (bizda bunday qoida bor edi) Visoskiyga ham tegishli edi. Shuning uchun u nisbatan erkin harakatlanish huquqidan foydalangan. Xudo saqlasin, agar Vladi Fransiya Kommunistik partiyasining bosh kotibi Jorj Marshega murojaat etsa va u Brejnevni qo‘ng‘iroq qilsa”, - deb tushuntiradi Mixaylov.
Vladimir Visoskiy 42 yoshida vafot etdi. O‘limning rasmiy sababi - o‘tkir yurak-qon tomir etishmovchiligi. Vladimir Semenovich hayoti davomida 100 dan ortiq she’rlar va 600 ta qo‘shiq yozdi, ularning aksariyati SSSRda taqiqlangan. Teatrda ishlab, qo‘shiqlar yozgan vaqtda Visoskiy, shuningdek, filmlarda ham suratga tushdi va 30 ga yaqin filmlarda bosh rollarni ijro etdi.
Visoskiy 1979-yil iyulida O‘zbekistonga oxirgi marta gastrol bilan kelgandi.