Toshkentda koronavirusga chalingan homilador ayol vafot etdi

Reanimatsion choralarlarga qaramay, u o‘tkir respirator distress sindromi, o‘tkir nafas va yurak qon-tomir yetishmovchiligi, o‘pka shishi, poliorgan yetishmovchilikdan vafot etgan.
Sputnik

TOShKENT, 27-iyul — Sputnik. Toshkentda koronavirusga chalingan homilador ayol vafot etdi.

Qarshi shahri 15-avgustgacha yopildi

Toshkent shahar Sergeli tumanida yashagan D.I.da 2-iyuldan holsizlik, isitma 38 darajagacha ko‘tarilishi, yo‘tal boshlangan va 6-iyul kuni u “Bebimed” xususiy klinikasiga murojaat qilgan.

9 iyulga qadar uy sharoitida davolangan. 9-iyuldan boshlab shahar 7-son tug‘ruq kompleksida “29 haftalik 5-homiladorlik, 4-tug‘ruq, ikki tomonlama pnevmoniya, semizlikning 2-darajasi, kamqonlik” tashxisi bilan statsionar sharoitida davolangan.

Unda COVID-19 tasdiqlangandan so‘ng esa 17-iyul kuni shahar 3-son tug‘ruq kompleksiga o‘ta og‘ir ahvolda o‘tkazilgan.

Bemorda 30 haftalik homiladorlik, shuningdek, asoratlangan akusherlik anamnezi, homilaning antenatal o‘limi, qandli diabet va semizlikning 2-darajasi bo‘lgan.

Reanimatsion choralarlarga qaramay, u o‘tkir respirator distress sindromi, o‘tkir nafas va yurak qon-tomir yetishmovchiligi, o‘pka shishi, poliorgan yetishmovchilikdan vafot etgan.