Pandemiya va aholi daromadi - viloyatlar kesimida

2020 yilning birinchi yarmida aholining real daromadi qaysi viloyatlarda kamaydi va qayerda ko‘paygani haqida Statistika qo‘mitasi ma’lumoti.
Sputnik

TOShKENT, 27-iyul - Sputnik. Davlat Statistika qo‘mitasi 2020-yilning yanvar – iyun oylarida O‘zbekistonda aholining real daromadi qanday o‘zgargani haqida rasmiy ma’lmotlarni tarqatdi.

Yuqori daromad keltiradigan kasblar ma’lum qilindi

Qo‘mita xabariga ko‘ra, O‘zbekistonda ushbu yilning birinchi yarmida aholi daromadi o‘sish sur’ati o‘rtacha 15,8 %ga oshgan, lekin bu ko‘rsatgich inflyatsiyani va iste’mol narxlari o‘sishini hisobga olmaydi. Inflyatsiya ko‘rsatgichlaridan biri bo‘lgan – Iste’mol narxlari indeksini (INI) qo‘llagan holda hisoblaganda aholi daromadi o‘sishi miqdori atigi - 101,5 %ni tashkil etgan.

Jon boshiga hisoblaganda yanvar-iyun oylarida aholi o‘rtacha umumiy 5,2 mln so‘m daromad olgan. Bu esa o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 13,5 %ga ko‘p, lekin inflyatsiyani hisobga olganda jon boshiga real daromadi o‘tgan yilning shu davriga nisbatan - 99,6 %ni tashkil qilgan. Ya’ni 0,4 %ga kamaygan.

Daromadlar eng ko‘p o‘zgarishi qarda bo‘lgan ?

Eng katta o‘rtacha umumiy daromad  Toshkent shahrida – 10,5 mln., Navoiy viloyatida – 8,3 mln., Buxoroda – 6,4 mln., Toshkent viloyatida 5,5 mln. so‘m.  

Pandemiya va iqtisod

Eng kam daromadlar esa – Qoraqalpog‘iston Respublikasi – 3,8 mln., Namangan viloyati – 3,9 mln., Farg‘ona – 4 mln., Qashqadaryo – 4,3 mln., Samarqand – 4,4 mln.  viloyatlarida qayd etilgan.   

Pandemiya vaqtida aholining real daromadlari sezilarli o‘sishi O‘zbekiston bo‘yicha faqat Navoiy viloyatida (+5,2 %) va Jizzax viloyatida (+4,1%) kuzatildi.

Farg‘ona, Sirdaryo, Surxondaryo, Xorazm, Buxoro, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Samarqand, Namangan va Toshkent viloyatlarida – jon boshiga olingan umumiy daromad miqdori deyarli o‘zgarmagan: ko‘rsatgichlar 99 – 101 % atrofida.    

Toshkent shahri (-4,8 %) va Andijonda (-1,5 %) aholi jon boshiga real daromadi pasayishi kuzatilgan.

Davlat Statistika qo‘mitasi xabariga ko‘ra, O‘zbekiston aholisining deyarli 70 % mehnat faoliyatidan va mustaqil bandlikdan olingan daromadlar hisobiga yashaydi. 25 % aholi – transfertlar (turli pul o‘tkazmalari) hisobiga yashaydi.

Transfertlar (pensiya, nafaqa va stipendiyalar) hisobidan yashaydigan aholi eng ko‘p hududlar Qoraqalpog‘iston (32,7 %), Samarqand (32,2%), Xorazm (30,4 %),  Andijon (29,3%),  Namangan (28,3 %), Surxondaryo (28 %) va  Farg‘ona (27,8 %) viloyatlarida ekani qayd etilgan.

Shuningdek o‘zidan ishlab chiqarilgan mahsulotlar va mol mulkidan olingan daromadlar hisobiga yashovchi aholi miqdori eng ko‘pi Toshkent shahrida qayd etilgan – 16,3 %.

Qayerda xorijiy pul o‘tkazlari miqdori ko‘p?

Respublika tashqarisidan kelib tushgan daromadlar miqdori o‘tgan davr mobaynida 9,2 %ga o‘sishi kuzatilgan. Aholi umumiy daromadi tarkibida xorijiy pul o‘tkazmalari ulushi eng ko‘p bo‘lgan hududlar quyidagilar ekani aniqlandi:

  • Samarqand viloyati – 20,3 %  
  • Xorazm viloyati – 20,1 %
  • Andijon viloyati – 18,5 %
  • Qoraqalpog‘iston – 17,3 %
  • Surxondaryo viloyati – 17,1 %
  • Namangan viloyati – 15,8 %
  • Qashqadaryo viloyati – 14,8 %
  • Farg‘ona viloyati – 14,5 %
  • Buxoro viloyati – 13,9 %

Qolgan viloyatlarda aholi daromadi tarkibida xorijiy pul o‘tkazmalari 10 %dan kam miqdorni tashkil qilmoqda. Xususan xorijiy o‘tkazmalar eng kam bo‘lgan hudud bu Navoiy viloyati – 4,2 %, Toshkent viloyati – 5,2 %, Jizzax – 6,9 % va Toshkent shahri – 9,4 %.