Dollar muammoga duch keldi: milliarderlar muqobil yo‘l topdi

Moliya bozorlari ortib borayotgan noaniqlik sharoitida yuqori o‘zgaruvchanlik bilan ajralib turishiga qaramasdan, ayrim yirik moliyaviy tuzilmalar vakillari uzoq muddatli narxlarning oshishiga sabab bo‘lgan omillar yo‘qolmaganligini ta’kidlamoqda.
Sputnik

Oltinning narxi oshgani sayin, investorlar, aprel va may oylarida har qanday pulga sariq metallni xarid qilgan aksariyat G‘arb olamining eng boy oilalarining vakillari yana barcha moliyaviy bozor ishtirokchilaridan bir qadam oldinroq ekanligini global moliyaviy dunyo va media hamjamiyati anglashni boshladi.

Ekspert oltin va kumush narxlarining ko‘tarilish sababini tushuntirdi

Juma kuni Nyu-Yorkda zudlik bilan yetkazib berish sharti bilan oltin narxining bir troya unsiyasi uchun 1901,3 dollargacha ko‘tarildi - bu ko‘p yillik rekord, ko‘plab mutaxassislarning fikriga ko‘ra, 1920 dollar darajasini ishg‘ol etish, bu oltin uchun  eng yuqori bo‘lgan narx – ammo, shunchaki bu vaqt masalasi.

Dollarning asosiy raqobatchisining (oltin - bu aniq monetar metaldir, ya’ni sanoat maqsadlarida emas, uning qiymati pul xususiyatlariga bog‘liq) bu qadar ommabopligi borasida har xil izohlar beriladi: koronavirus pandemiya sharoitida investorlarning ommaviy qochishidan tortib an’anaviy ravishda qimmatbaho metallarni juda jozibali sarmoyaga aylantiradigan global (sof amerikancha) siyosiy xavf-xatargacha. Eslatib o‘tish joizki, 25-may kuni biz "negadir, Fedrezerv va uning dollar bosma dastgohining iqtisodiy inqirozga qarshi muvaffaqiyatli kurashiga qaramay, Amerikaning JPMorgan va Goldman Sachs kabi nufuzli banklari o‘z mijozlarga dollarga emas, balki oltinga mablag‘ kiritish tavsiya qilishni xohlashmoqda", - deb yozgan edik.

Ushbu fonda, ba’zi Rossiya iqtisodchi va ekspertlari oltin va boshqa monetar metallar endi himoya aktiv emasligi, go‘yo Rossiya valyuta-oltin zaxiralarida oltin ko‘pligi va nisbatan dollar kamligi tufayli hozir yomon ahvolda ekanligi, bu sanksiyalar bilan bog‘liq xavflar haqida Rossiya axborot makonida astoydil tezisni ilgari surdilar.

Sabr tagi - sariq oltin: migrantlarning Rossiyadan pul o‘tkazmalari keskin ko‘tarildi

Amaliyot butunlay boshqacha manzarani ko‘rsatdi - hozirgi vaqtda oltinni investitsiya va pul jamg‘arish vositasi tarafdorlari haq ekanligi, shuni ta’kidlash kerakki, oltinni “yashil qog‘oz”dan afzal ko‘rganlar orasida turli darajada investorlar, Amerika banklari JPMorgan va  Goldman Sachs dan tortib Rossiya va Vengriya Markaziy banklari, turli xil milliarderlargacha – moliyachi Jim Rojers va Pol Tudor Jonson mavjud.

Bloomberg agentligi ta’kidlashicha, o‘ziga xos "aqlli pullar" deb nomlangan pullar (moliya bozorlarida an’anaviy ravishda katta hamonlarga ega bo‘lgan sarmoyadorlar va eng aniq ma’lumotlarga ega bo‘lgan) bugungi kunda Amerika aksiyalar bozorida juda yaxshi natijalarga erishganiga qaramay, ular nazariy jihatdan oltin yombilarga pul sarflashdan chalg‘itishi kerak edi, oltinni afzal ko‘rmoqda.

Invesco moliyaviy giganti (kompaniya taxminan bir trillion dollarga teng aktivlarni boshqaradi) tomonidan suveren investitsiya fondlari va markaziy banklar o‘rtasida o‘tkazilgan so‘rov natijalarini tahlil qilib, Bloomberg jurnalistlari bu aqlli pulning moliyaviy aktivlar va qimmatbaho metallarga bo‘lgan munosabati o‘rtasida qiziq bir farqni topdilar: "oltinga nisbatan o‘sayotgan ishtiyoq bilan, aksiyalarga ortib borayotgan ishonchsizlikni taqqoslang”.

Bu yil oltin narxining o‘zgarishi juda ta’sirli bo‘ldi. Oltin qo‘ng‘izlar qimmatbaho metalni pul idoralari tomonidan moliyaviy manipulyatsiyadan sug‘urta polisining bir turi sifatida olqishlamoqda, yaqin kelajakda inflyatsiyani tezlashtiradi; skeptiklar esa uni "foydasiz tosh" deb masxara qilishmoqda.

Ammo Invesco so‘roviga ko‘ra, so‘nggi yillarda markaziy banklar ko‘proq oltinga sarmoya qiritmoqda. Bu qiziqish o‘sishi uchun joy bor. Invesco hisobotiga ko‘ra, kelgusi yilda markaziy banklarning qariyb 18 foizi oltin zaxiralarini ko‘paytirishni rejalashtirmoqda va suveren fondlarining 23 foizi oltin sarmoyalarini ko‘paytirish niyati bor.

Moliya bozorlari ortib borayotgan noaniqlik sharoitida yuqori o‘zgaruvchanlik bilan ajralib turishiga qaramasdan, ayrim yirik moliyaviy tuzilmalar vakillari uzoq muddatli narxlarning oshishiga sabab bo‘lgan omillar yo‘qolmaganligini ta’kidlamoqda.

"Pandemiya haqida sarlavhalar, yumshoq dollar va global iqtisodiy rag‘batlantirish fonida foiz stavkalari oshishi oltin narxining ko‘tarilishga olib keldi”- deb ma’lum qildi Jorj Gero, RBC Wealth Management boshqaruv direktori (Kanada Qirollik bankining aktivlarni boshqarish bo‘limi) MarketWatch portaliga. Uning fikriga ko‘ra, "sikl (oltin narxining ko‘tarilishi) oddiy sikllarga qaraganda uzoqroq davom etishi mumkin", chunki pandemiya Yevropa, Janubiy Amerika va Osiyoga, shuningdek AQShga ta’sir qilmoqda.

Shunisi e’tiborga loyiqki, hikoya o‘zgardi: agar ilgari har qanday global inqiroz va moliyaviy bozorlardagi beqarorlik, shuningdek, turli xil iqtisodiy xavflarning o‘sishi ommaviy ravishda "dollarga yugurish" ni keltirib chiqargan bo‘lsa, endi vaziyat butunlay boshqacha ko‘rinmoqda. Agar dollarning boshqa dunyo valyutalariga, shu jumladan yevro va Shveysariya franki kurslariga nisbatan solishtirilsa, Amerika valyutasi “kovid minimum”ga yaqin yoki unag yaqinroq bo‘lganligini ko‘rish mumkin.

O‘zbekiston yil boshidan buyon qancha oltin sotdi
Ya’ni, investorlar asosan "dollardan qochib", o‘z kapitallari uchun boshqa xavfsiz joylarni tanlashapti. Ayni vaqtda Amerika OAVlarida bu noodatiy hodisa Qo‘shma Shtatlar koronavirus epidemiyasini samarali yengishga qodir emasligi bilan izohlanmoqda, ammo bu mutlaqo yetarli emas.

To‘liq tasavvurga ega bo‘lish uchun shuni yodda tutish kerakki, yaqin vaqtgacha AQShning temir siyosati dollarning o‘zi uchun qo‘shimcha barqarorlikni ta’minlagan va uning jozibadorligiga hissa qo‘shgan.

Ayni vaqtda AQSh sust fuqarolik urushi yoki "past intensivlikdagi fuqarolik urushi" holatida, federal markazi esa Portland yoki Atlanta shaharlarida tartibni tiklash uchun o‘z kuch tuzilmalaridan foydalanishga majbur bo‘lmoqda, prezidentlik saylovlardan keyin fuqarolik urush haqiqatan ham qonli va keng miqyosli bo‘lishi mumkin.

Shu sharoitda har qanday pulga oltin yombilarni sotib olayotgan milliarderlarning xatti-harakatlarini ko‘plab siyosiy xavflarga ishora qiladigan uzoqni ko‘zlaydigan qarorga o‘xshaydi, jurnalistlar, tahlilchilar va Amerikani yaxshi ko‘radigan oddiy muxlislar uni hali anglashga to‘g‘ri keladi.