TOShKENT, 27-iyul — Sputnik. Rossiya yakshanba kuni bo‘lib o‘tgan keng ko‘lamli dengiz paradida o‘z flotining o‘sayotgan qudratini ko‘rsatdi, deya yozadi Daily Mail jurnalisti Ameliya Vinn.
Muallif so‘nggi yillarda HDFning (Harbiy-dengiz floti) jiddiy modernizatsiya qilinganiga e’tibor qaratgan. Rossiya prezidenti Vladimir Putin flot tarkibida yana 40 ta kema va HDF gipertovushli qurol bilan jihozlanishini e’lon qilgan.
Bundan tashqari, jurnalist parad nafaqat Sankt-Peterburgda, balki Rossiyaning boshqa qator shaharlarida ham o‘tkazilganiga e’tibor qaratgan: Vladivostok, Sevastopol, Petropavlovsk-Kamchatskiy, Baltiysk, Severomorsk, Kaspiysk va Tartusdagi harbiy-dengiz bazada.
Nashrning ko‘plab o‘quvchilari muallifning bahosiga qo‘shilishgan.
“Dengiz chegaralari 12 kilometr bo‘ylab yuvilgan bir paytda ularni himoya qilish uchun yetarlicha miqdordagi kema lozim”, - deya yozgan thebestcountry nikli foydlanuvchi.
“Hayratga soladi!”, - deya lo‘nda yozgan Obvi.
“Qirollik flotini ko‘paytirish zarur. Bizning himoya qilish kerak bo‘lgan dengiz chegaralarimiz bor”, - deya yozgan Ben Hall.
“Putin singari vatanparvar liderimiz bo‘lmagani uyatli. U kema qurayotgan bir paytda, Boris (Jonson – tahr.) Xitoyga pul bermoqda”, - deya kuyungan henryford1958.
Kuni kecha Kronshtadtda Bosh harbiy-dengiz paradi bo‘lib o‘tdi. Unda Rossiya flotining nodir namunalari namoyish etildi: “Petr Morgunov” katta desant kemasi, "Admiral Kasatonov” fregati, “Petropavlovsk-Kamchatskiy” dizel-elektrik suv osti kemasi, “Sovetsk” va “Mitishi” kichik raketa kemalari. Ushbu eng yangi kemalardan ayrimlarining xususiyatlari maxfiyligicha qolmoqda.