Qoraqalpog‘istonda ichki ishlar rahbari fuqaroni xizmat avtomobilida urib ketdi

Fuqaro transport hodisasi natijasida olgan tan jarohatidan o‘ziga kelmagan va vafot etgan. Mazkur holat yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi JKning 266-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan
Sputnik

TOShKENT, 25-iyul - Sputnik. Qoraqalpog‘istonda IIB rahbari xizmat mashinasida velosipeddagi fuqaroni urib yubordi, deb xabar berdi Qoraqalpog‘iston prokuraturasi.

Qoraqalpog‘istonda 37 yoshli tuman hokimi koronavirus qurboniga aylandi

Hodisa 22-iyul kuni soat 21:40larda Qorao‘zak tumanida yuz bergan.

Ichki ishlar bo‘limi boshlig‘i R.M. o‘ziga biriktirilgan "Nexia-3" rusumli xizmat avtomashinasini boshqarib borayotib Qorao‘zak tumanidan o‘tuvchi "Nukus-Chimboy-Taxtako‘pir" yo‘lida yo‘l chetida velosiped boshqarib borayotgan 1997-yil tug‘ilgan fuqaro N.A.ni urib yuborgan.

N.A. olgan tan jarohatidan o‘ziga kelmasdan vafot etgan.

Mazkur holat yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi JKning 266-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Tergov harakatlari olib borilmoqda.