Qirg‘izistonda 30-iyul milliy motam kuni sifatida e’lon qilinadi

Sooronbay Jeenbekovning aytishicha, 31-iyul kuni Qirg‘iziston Qurbon hayitini keng nishonlaydi, 30-iyul kuni esa butun mamlakatda milliy motam kuni sifatida e’lon qilinadi.
Sputnik

TOShKENT, 25-iyul — Sputnik. Qirg‘izistonda 30-iyul koronavirusdan vafot etganlar xotirasiga milliy motam kuni sifatida e’lon qilinadi. Bu haqda mamlakat prezidenti Sooronbay Jeenbekov ma’lum qilgan. Sputnik Qirg‘iziston xabari asosida.

ShHT Bosh kotibi koronavirus takroran tarqalishi xavfi haqida bayonot qildi

Davlat rahbari ayrim mamlakatlarda kasallik tufayli vafot etgan yurtdoshlar xotirasiga Milliy motam kuni e’lon qilinganligini eslatib o‘tgan.

"Ha, men bu haqda o‘ylagan edim. Muddatidan oldin gapirishni istamagandim, ammo shu haqda gap borar ekan, ma’lumot berishni zarurat deb bildim. 31-iyul kuni biz Qurbon hayitini nishonlaymiz, 30-iyul kuni esa butun mamlakatda milliy motam kuni e’lon qilinadi. Tegishli qaror chiqariladi", — dedi Jeenbekov.

Koronavirus tufayli Qurbon hayiti namozi jamoat bo‘lib o‘qilmaydi - Musulmonlar idorasi

Davlat rahbari yaqinlarini yo‘qotgan yurtdoshlarga sabr tilagan.

Qirg‘iziston Sog‘liqni saqlash vazirligi ma’lumotiga ko‘ra, pandemiya davrida mamlakatda 1 249 kishi koronavirus infeksiyasi qurboniga aylangan.

Eslatib o‘tamiz, Markaziy Osiyo mintaqasida bunga qadar 13-iyulda Qozog‘istonda milliy motam kuni e’lon qilingan edi.

Bugunga qadar olingan ma’lumotlarga ko‘ra, koronavirus infeksiyasini yuqtirganlar Qozog‘istonda 80 226 nafarni, Qirg‘izistonda 31 247 nafarni, Tojikistonda - 7 104 nafarni, O‘zbekistonda 19 653 nafarni tashkil etmoqda.