Taqsimlash markazi shifokorlariga ilk bor oylik berildi

O‘zekspomarkazda ochilgan Taqsimlash markazi 500 o‘ringa mo‘ljallangan. Bu yerda COVID-19 gumon qilingan bemorlarga aniq tashhis qo‘yiladi navbatdagi muassasaga yo‘naltiriladi.
Sputnik

TOShKENT, 24-iyul - Sputnik. "O‘zekspomarkaz"dagi ochilgan Taqsimlash markazi shifokorlariga ilk bor oylik berildi, deb xabar qilmoqda Sputnik muxbiri. 

Eslatib o‘tamiz, "O‘zekspomarkaz"da tashkil qilingan Taqsimlash markaziga koronavirus kasali yuqishi gumon qilingan fuqarolar olib kelinadi. Bu yerda ular to‘liq tashhisdan o‘tkazilib, uning natijasiga va bemorning holatiga ko‘ra shifoxonaga yoki boshqa joyga yo‘naltiriladi. Xastalik yengil kechayotgan va uy sharoitida davolanishni ma’qul deb bilganlar esa uyida o‘z-o‘zini izolyatsiya qilgan holda davolanishga yuboriladi.

Taqsimlash markazi 500 o‘ringa mo‘ljallangan bo‘lib, bu yerda har bir bemorlar alohida to‘siqlar bilan ajratilgan 2 kishilik bokslarga joylashtiriladi. Markazda shuningdek, bemorga birinchi yordam ham ko‘rsatiladi. 

Markazda 250 nafar tibbiyot xodimlari ishlashi rejalashtirilgan. Ular orasida infeksionist, virusolog va boshqa qator tor mutaxassislar bor. Shuningdek barcha kerakli test va tahlillarni o‘tkazish uchun zarur sharoit va uskunalar jamlangan.

Taqsimlash markazi shifokorlariga ilk bor oylik berildi