Rus quroli: “Tulpan” - dunyoda eng qudratli termoyadroviy minomot

Tulpan” minomoti 9 - 19 km masofaga fugas, napalmli, kassetali, boshqariluvchi, neytron yoki kichik quvvatli yadroviy minalar bilan zarba berishi mumkin.
Sputnik

Dunyodagi yagona 240 mm kalibrli “Tulpan” minomoti 9,6 km dan 19,7 kmgacha bo‘lgan masofada himoya inshootlarini, mustahkamlangan binolarni, dushman kuchlarining tirik kuchi, qurol va harbiy texnikalari to‘planmalarini yo‘q qilishga mo‘ljallangan.

Rossiya qo‘shinlarining jangovar tayyorgarligini to‘satdan tekshirish paytida Shimoliy Osetiyadagi “Tarskoe” o‘quv poligonida artilleriyachilar ulkan qudratli minomotlardan dronlar yordamida nishon belgilangan holda shartli dushmanni yo‘q qildilar. O‘ziyurar 240 millimetrlik “Tulpan” minomotlari an’anaviy va yadroviy qurollar oralig‘ida joylashgan bo‘lib, xuddi Everest tog‘i alpinistlarga tanish bo‘lgani kabi, butun dunyo artilleriyachilariga tanish, ya’ni uning dunyoda muqobili yo‘q.

Rus quroli: “Tulpan” - dunyoda eng qudratli termoyadroviy minomot

Rossiya Mudofaa vazirligining ma’lumotlariga ko‘ra, 58-chi umumqo‘shin armiyasi artilleriyachilari 21-iyul kuni Kavkaz tog‘ tizmasidagi tog‘larda mashqlar paytida, 240 mm kalibrli yuqori quvvatga ega “Tulpan” minomotlaridan shartli dushmanning pozitsiyalari va yer osti arsenallarini yo‘q qildi. Ushbu vahimali qurol manevralarda uncha ko‘p qo‘llanilmaydi, ammo uning jangovar foydalanish samaradorligi na tor tog‘ daralari va na chuqur beton bunkerlarda ehtimoliy dushmanga hech qanday imkoniyat qoldirmaydi. Biroq, Rossiya qo‘shinlarining mashqlari hech bir mamlakatga qaratilmagan.

Rossiya TIV AQSh bilan gipertovushli qurol borasida muzokara shartini oshkor qildi

Modernizatsiya qilinganidan so‘ng, “Tulpan” zamonaviy boshqaruv va aloqa vositalariga ega bo‘ldi, bu esa o‘ziyurar minomotga yagona avtomatlashtirilgan boshqaruv tizimida va Quruqlikdagi qo‘shinlarning taktik zanjirning razvedka va zarba berish konturida ishlashga imkon berdi. Takomillashtirilgan minomot hatto eng himoyalangan nishonlarga ham zarba berishga qodir bo‘lgan uzoq masofali merganlik quroliga aylandi. “Tulpan”ning arsenalida ikki kilotonna quvvatga ega an’anaviy termoyadroviy minalar va boshqa minalardan iborat bo‘lib, ularning halokat kuchi nafaqat 240 mm kalibrga bog‘liq. Qo‘llashning yuqori aniqligi real vaqt rejimida – yo‘ldoshlar, dronlar, uzoq masofadagi radiolokatsion aniqlash samolyotlari va dushman ichkarisidagi razvedka-diversion guruxlari tomonidan to‘g‘rilash yordamida ta’minlanadi. Nishonga olishning va zarbani boshqarishning zamonaviy tizimlari o‘q-dorilarning ballistik xususiyatlarini va o‘t ochishning meteorologik sharoitlarini ham hisobga olishga imkon beradi.

XXI asrning “Shoh-minomoti”

Dunyodagi yagona 240 mm kalibrli “Tulpan” minomot 9,6 km dan 19,7 kmgacha bo‘lgan masofada himoya inshootlarini, mustahkamlangan binolarni, dushman kuchlarining tirik kuchi, qurol va harbiy texnikalari to‘planmalarini yo‘q qilishga mo‘ljallangan.  U xizmatga bundan 40-yil oldin qabul qilingan bo‘lib, hozirgi kungacha kalibri va boshqa bir qator xususiyatlari bo‘yicha rekordchi bo‘lib qolmoqda. Qurol boshqa artilleriya turlari (kichikroq quvvatdagi) urib o‘tolmaydigan nishonlarni urishga qodir. “Tulpan”ning minasi erkin qulashda 12 metrlik qalinlikdagi temir-beton konstruksiyani teshib o‘ta oladi. Konstruktorlik fikrining ushbu durdonasi qudratini faqat amalda ko‘rish mumkin. Oddiy 240 mm diametrli mina yerga tushganida, diametri 10 metr va chuqurligi 5 metrdan oshgan chuqurni qoldirganidan keyin, maxsus o‘q-dorini qo‘llash oqibatlarini faqat tasavvur qilsa bo‘ladi.

O‘ziyurar minomot tarkibiga fugas va faol reaktiv minalar, “Smelchak” nishonni tashqaridan ko‘rsatish tizimiga ega snarad (diametri 2 metr bo‘lgan doiraga to‘g‘ri urish ehtimoli 80-90%). “Tulpan” uchun maxsus, og‘irligi 228 kg bo‘lgan 3F2 faol-aktiv dvigatelli mina (urish masofasi 20km) va uning asosida 3B4 termoyadroli mina (urish masofasi 18 km) yaratilgan. Undan tashqari, “Smola” va “Fata” neytron snaradlari, “Sayda” snaradi (napalm bilan 7850 kvadrat metr maydonni yoqib tashlaydi) va "Nerpa" (fugas elementlari bo‘lgan kassetali mina) snaradlari qiziqish o‘yg‘otadi.

Rus quroli: “Tulpan” - dunyoda eng qudratli termoyadroviy minomot

“Tulpan” minomoti jangda sinovdan o‘tgan. Afg‘onistonda 1985-yildan beri minomot Charikar vodiysida va Panjshir darasida muvaffaqiyatli qo‘llanilgan - nishonni yo‘q qilish uchun atigi ikkita snarad yetarli bo‘lgan. Bugungi kunda Rossiya Quruqlikdagi qo‘shinlar tarkibida 40 dona 2S4 “Tulpan” minomotlari xizmat qilmoqda va qariyb 390 donasi saqlanmoqda, bu keng ko‘lamli harbiy mojaro ro‘y berishiga yetarlicha zaxira.

Davlat mudofaa buyurtmasi doirasida “Uraltransmash” korxonasi (“Uralvagonzavod” NPK tarkibiy qismi) 2019-yilda barcha 240 mmli “Tulpan” minomotlari modernizatsiyasini yakunladi. Zamonaviy urushda artilleriya hanuz muhim rol o‘ynashni davom etmoqda va texnologik yangilanish dunyodagi eng qudratli minomotlardan jangovar foydalanish samaradorligini oshirishga imkon berdi.

Konstruktiv xususiyatlari

RF Mudofaa vazirligining ma’lumotlariga ko‘ra, 2S4 “Tulpan” minomotining negiz shassisi - dvigatel quvvati 520 ot kuchiga ega modernizatsiyalangan “Krug” zenit-raketa tizimidir. Shosseda maksimal tezlik soatiga 62 km. Yurish masofasi 500 km. O‘q-dori komplekti - 40 dona mina, ekipaj - 5 kishi.

Putin boshqa davlatlarni eng yangi qurol bilan hayratda qoldirishga va’da berdi

Mashinaning korpusi zirhlangan bo‘lib 7,62 mm kalibrli zirhni uradigan va parchalanadigan o‘qlardan himoyalangan. Pozitsiyaga o‘rnashishi uchun uskunaning old qismiga buldozer pichog‘i o‘rnatilgan. Boshqarish bo‘limi korpusning chap oldi qismida, motor bo‘limi esa o‘ng tomonda joylashgan. O‘rta va orqa qismlarni jangovar bo‘linma egallaydi, bu yerda o‘q-dorilar 20 donaga mo‘ljallangan baraban tipidagi mexanizatsiyalashgan uskuna va uzatish mexanizmi joylashgan. Orqa qismida qattiq konstruksiyali minomot to‘pi o‘rnatilgan (orqaga qaytarish moslamasisiz). Mashina shuningdek 7.62mm PKT pulemoti bilan ham jihozlangan.

Silliq devorli naycha shaklidagi besh metrli to‘p sapfali oboymaga qatirilgan, buning natijasida o‘qlarni yuklash holatiga ko‘tarish uchun “tebranadi”, bu esa 130 kg og‘irlikdagi minalarni o‘qlash qismidan o‘rnatish uchun juda muhim xususiyatdir. Konstruksiyaning tashqi soddaligi loyihalash, sinov va texnologiyalarni rivojlantirishning kattagina yo‘lini o‘z ichiga oladi. Silliq devorli artilleriya Kolomna maxsus konstruktorlik burosi 240 mmli minomot ustidan ishlarni 1944-yilda boshlagan. Keyinchalik, yangi qurolni yaratish Ural transport mashinasozligi zavodida va Permdagi mashinasozlik zavodining maxsus konstruktorlik burosida davom etgan. Birinchi namunalarning dala sinovlari 1971-yilda bo‘lib o‘tdi va ko‘p o‘tmay 2S4 “Tulpan” artilleriya tizimi xizmatga qabul qilindi.

Rus quroli: “Tulpan” - dunyoda eng qudratli termoyadroviy minomot

Hammasi bo‘lib, 580 dan ortiq “Tulpan”ni ishlab chiqarishga muvaffaq bo‘lishdi, 1988-yilda ishlab chiqarish to‘xtatildi. Bu xato bo‘lgan deb hisoblayman. Ushbu minomot ko‘rinishi hatto XXI asrda ham juda zamonaviy va jang maydonida almashtirib bo‘lmas bo‘lib qoladi.