Rossiya SSV COVID bo‘yicha barcha cheklovlar olib tashlanishi muddatini ma’lum qildi

Sog‘liqni saqlash vaziri Mixail Murashko Rossiyada koronavirus tufayli barcha cheklovlar olib tashlanishi fevral oyida amalga oshirilishi kutilayotganini tasdiqladi.
Sputnik

TOShKENT, 24-iyul - Sputnik. RF Sog‘liqni saqlash vaziri Mixail Murashko Rossiyada koronavirus tufayli barcha cheklovlar olib tashlanishi fevral oyida amalga oshirilishi kutilayotganini tasdiqladi, deb xabar qildi RIA Novosti.

Rossiya 1-avgustdan xalqaro avia qatnovlarni tiklaydi – davlatlar ro‘yxati

“Ha, biz bu yo‘nalishda harakat qilmoqdamiz, populyatsion immunitetni shakllanishi, shu jumladan, dori-vositalari yordamida amalga oshishini istardik, shundan keyin odatiy hayotga qaytishning yangi bosqichiga o‘tayotganimizni hotirjam aytishimiz mumkin”, - dedi Murashko.

Sog‘liqni saqlash vazirligi rahbari shuningdek, hozirda Shanxay Hamkorlik Tashkiloti mamlakatlariga COVID-19'ga qarshi Rossiya vaksinasini yetkazib berish bo‘yicha muzokaralar olib borilayotganligini tasdiqladi.

"Xalqaro hamkorlik doirasida bugungi kunda muayan muzokaralar olib borilmoqda va ular birinchi navbatda vaksina ro‘yxatga olinganidan keyin ham davom etadi. Shunda yanada faol o‘zaro hamkorlik amalga oshadi, hozirda, shu jumladan, parallel ravishda ishlab chiqarishni kengaytirish uchun tayyorgarlik bosqichi olib borilmoqda”, - dedi Murashko.

Vazir vaksina yangi ixtiro bo‘lganligi sababli uni bosqichma-bosqich joriy etish rejalashtirilganligini ta’kidladi.