Markaziy Osiyo davlat yetakchilari Mirziyoyevni tavallud kuni bilan tabrikladi

Qozog‘iston, Turkmaniston va Tojikiston rahbarlari Shavkat Mirziyoyevni tavallud kuni bilan tabriklashdi.
Sputnik

TOShKENT, 24-iyul — Sputnik. O‘zbekiston Respublikasi prezidenti Shavkat Mirziyoyev Qozog‘iston Respublikasi prezidenti Qasim-Jomart Tokayev bilan telefon orqali muloqot qildi. Bu haqda prezident matbuot xizmati xabar qildi. 

Mirziyoyev koronavirusga qarshi kurashgan bir guruh fuqarolarni mukofotladi

Qasim-Jomart Toqayev O‘zbekiston rahbarini tavallud kuni bilan samimiy qutladi.

Suhbat chog‘ida ikki tomonlama munosabatlar va mintaqaviy hamkorlik masalalari muhokama qilindi.

Shavkat Mirziyoyev Turkmaniston Prezidenti Gurbanguli Berdimuhamedov bilan telefon orqali muloqot qildi.

Turkmaniston rahbari prezidentni tavallud kuni bilan samimiy tabriklab, xalqimizga farovonlik tiladi.

Suhbat chog‘ida davlat rahbarlari o‘zaro manfaatli amaliy hamkorlikni kengaytirish masalalariga alohida to‘xtaldilar.

Shuningdek, O‘zbekiston prezidenti Tojikiston Respublikasi prezidenti Emomali Rahmon bilan ham telefon orqali muloqot qildi.

Tojikiston prezidenti O‘zbekiston rahbarini tug‘ilgan kuni bilan samimiy muborakbod etdi.

Ikki tomonlama do‘stlik, yaxshi qo‘shnichilik va strategik sheriklik munosabatlarining joriy holati va ularni kengaytirish istiqbollari ko‘rib chiqildi.