Koronavirusning asosiy xavfi shundaki, alomatlari yengil bo‘lgan tashuvchi-odam, infeksiyani kasallikka dosh berolmasligi mumkin bo‘lgan odamga yuqtirishi mumkin, deydi Rossiya muftiylar kengashi raisining birinchi o‘rinbosari, RF Musulmonlar diniy boshqarmasi boshlig‘ining o‘rinbosari Rushan Abbasov.
Salomatlik - bu eng katta boylik, uni himoya qilish kerak, deb ta’kidlaydi Abbasov.
“Payg‘ambar Muhammad alayhissalomning va uning sahobalarining sunnatlaridan ma’lumki, odamlar kasal bo‘lganda yoki epidemiyalar ro‘y berganda, jamoaviy ibodatlar, bozorlarda savdo, karvon yo‘llari to‘xtatilgan, chunki tarqalishi mumkin bo‘lgan xavf odamlarning holatini yomonlashtirishi mumkin edi”, - dedi Abbasov Sputnik Tojikistonga bergan intervyusida.
Bu kabi cheklovlar endilikda ham joriy qilindi, dedi idora vakili.
“Kasal odam infeksiyani tarqatishga haqqi yo‘q. U uyda qolishi kerak, boshqalarni yuqtirmasligi uchun o‘zini yakkalashi lozim”, - dedi Rossiya Muftiylar kengashi raisining birinchi o‘rinbosari.
Shuningdek u, musulmonlar Ramazon oyini o‘z uylarida o‘tkazganlarini eslatdi.
“Unda biz o‘z dindorlarimizni o‘z uylarini masjidga, o‘z oilalarini esa jamoatga aylantirishga chaqirdik. Allohga shukur, Rossiyada bizning chaqiriqlarimizga quloq solishdi”, - dedi Abbasov.
To‘liq sharhni radiopodkastda tinglang.