O‘n nafar o‘zbekistonlik Rossiya fuqaroligiga qabul qilindi

Rossiya Federatsiyasi prezidentining 23-iyulda imzolangan "Rossiya Federatsiyasining fuqaroligiga qabul qilish to‘g‘risida"gi farmoni e’lon qilindi.
Sputnik

TOShKENT, 23-iyul — Sputnik. Rossiya Federatsiyasi prezidenti Vladimir Putin bugun, 23-iyul kuni "Rossiya Federatsiyasining fuqaroligiga qabul qilish to‘g‘risida"gi farmonini imzoladi, deb xabar qildi huquqiy axborot rasmiy internet portali.

Dunyoning eng yaxshi fuqaroligi: O‘zbekiston ro‘yxatda nechanchi o‘rinda?

Unga ko‘ra, umumiy tartibda (yashash guvohnomasi (VNJ) asosida Rossiya hududida 5-yil yashagan) 57 nafar kishi Rossiya Federatsiyasi fuqaroligiga qabul qilindi.

Prezident farmoni bilan  O‘zbekiston hududida tug‘ilgan 10 nafar kishiga Rossiya fuqaroligi berildi.

Shu bilan birga, Afg‘oniston, Ozarbayjon, Moldaviya, Armaniston, Belarus, Qozog‘iston, Tojikiston, Ukraina, Avstriya, Vyetnam va Chernogoriyada tug‘ilgan kishilar Rossiya fuqaroligiga qabul qilindi.