"Bu Dushanbe hokimi!": ayyor talaba bitta qo‘ng‘iroq bilan pul va mashinaga ega bo‘ldi

O‘zini Dushanbe shahri hokimi deb tanishtirgan yigit universitet dekanidan katta miqdorda pul va inomarkani aldov yo‘li bilan qo‘lga kiritdi
Sputnik

TOShKENT, 23-iyul - Sputnik. Dushanbeda huquqni muhofaza qilish idoralari xodimlari tomonidan firibgarlikda gumonlanib  25 yashar talaba hibsga olindi, deb xabar beradi Tojikiston IIV matbuot-xizmati. Sputnik Tojikiston xabari asosida.

Toshkentda firibgar tuzog‘iga ilingan fuqaro 111 ming dollaridan ayrildi

Vazirlik ma’lumotlariga ko‘ra, 2011-yilda yigit Tojikiston pedagogika universitetiga o‘qishga kirgan. Ikki yil o‘tgach, talaba o‘qish kontrakti bo‘yicha qarzdorligi tufayli talabalar safidan chiqarilgan.

Biroq, yigit tushkunlikka tushmay, hiylani amalga oshirdi. 2017-yilda u fizika-matematika fakulteti dekaniga qo‘ng‘iroq qildi va o‘zini Dushanbe hokimi deb tanishtirdi.

Ta’kidlanishicha, ushbu suhbatdan so‘ng talaba uchinchi kursga tiklangan.

"U fakultet dekanini Ta’limni nazorat qilish davlat xizmati boshlig‘i lavozimiga tayinlashlariga ishontirdi", - deyiladi Tojikiston IIV xabarida.

Tergovda aniqlashicha, yigit 2018-yil mart va 2020-yil mart oylari oralig‘ida bir necha bor o‘zini Dushanbe shahar hokimi deb tanishtirgan. Xususan, u tovlamachilik yo‘li bilan dekandan 18 ming AQSh dollari va chet el avtomobilini qo‘lga kiritgan.

Gumonlanuvchiga nisbatan jinoiy ish ochilgan.