Koronavirusdan vafot etgan bemorlar organizmida g‘alati o‘zgarishlar aniqlandi

Amerikalik olimlar koronavirus tufayli vafot etganlar organizmida noodatiy shikastlanishlarni aniqladilar
Sputnik

TOShKENT, 23-iyul — Sputnik. Murdalarni yorib tekshirish natijasida SARS-CoV-2 shtammdagi koronavirus bilan og‘rigan bemorlarning organizmida g‘alati o‘zgarishlar aniqlandi, dedi tibbiyot fanlari doktori, professor, Yangi Orleandagi LSU Healthda  patologiya tadqiqotlari bo‘yicha direktori Richard Vander Xayde.

Koronavirus Markaziy Osiyoda: vaziyat hamon jiddiyligicha qolmoqda

Xususan, koronavirus bilan og‘rigan bemorlarda o‘tkazilgan yorish natijasida yurakda shikastlanishlar mavjudligi aniqlandi, bu yurak mushagining odatdagi yallig‘lanishiga xos emas.

"Biz infeksiyaning og‘ir shaklida tipik miokardit (yurak o‘rta qatlamining og‘ir yallig‘lanish jarayoni - tahr.) mavjud degan tushunchani gumon ostiga qo‘yadigan o‘zgarishlarni aniqladik. Gap bu yerda ko‘proq yurak mushagidagi alohida hujayralarning "noyob" nobud bo‘lishi haqida bormoqda", - deya tushuntiradi professor.

Mutaxassisning ta’kidiga ko‘ra, SARS-CoV-1 (atipik pnevmoniya)dan farqli o‘laroq koronavirus yurak mushaklarida yashamaydi. Shu bilan birga u ayrim qon tomirlarida aniqlangan.

Olimlar taxminiga ko‘ra, koronavirus hujayralari yurakdan to‘qimalarning o‘zida ushlanib qolmasdan "o‘tishi" mumkin. Bu sitokinlar tufayli vujudga kelgan endotelial shikastlanish, ya’ni sitokin shtormiga olib kelishi ehtimoldan holi emas.