AQSh Rossiya bilan munosabatlarda siljishga erishish imkonsiz deb biladi

AQSh Davlat kotibi o‘rinbosari rossiyalik biznesmen Yevgeniy Prigojin va u bilan bog‘liq shaxslar va kompaniyalarga nisbatan yaqinda kiritilgan AQSh sanksiyalar sabablarini oshkor qildi
Sputnik

TOShKENT, 23-iyul – Sputnik. Rossiya tomonidan olib borilayotgan tashqi siyosat AQSh bilan munosabatlarda siljishga erishishga imkon qoldirmayapti, deya bayonot qildi Davlat kotibi o‘rinbosari Stiven Bigan.

AQSh “Shimoliy oqim-2”ga qarshi yangi sanksiyalar bilan dag‘dag‘a qilmoqda

"Rossiyaga nisbatan biz qabul qilgan so‘nggi qadamlar - bu ruslar bilan munosabatlarda har qanday taraqqiyotni deyarli imkonsiz qoldirayotgan (Rossiyaning) uzoq davrdan buyon amalga oshirayotgan xatti-harakatlari modeliga javob choralarimizning bir qismidir", - deb aytgan Bigan senatdagi eshituv davomida.

AQSh Davlat kotibi o‘rinbosari rossiyalik biznesmen Yevgeniy Prigojin va u bilan bog‘liq shaxslar va kompaniyalarga nisbatan yaqinda kiritilgan AQSh sanksiyalari sabablari bilan bog‘liq savolga shu tarzda javob qaytardi.

AQSh "toliblar bilan til biriktirganlik" uchun Rossiyaga qarshi sanksiyalar kiritmoqchi

AQSh moliya vazirligi chet eldagi aktivlarni nazorat qilish boshqarmasi (OFAC) 17-iyul kuni Prigojin bilan bog‘liq shaxslar va kompaniyalar sanksiyaviy ro‘yxatga qo‘shilishi haqida xabar berdi. AQSh Prigojinni Rossiya hukumati bilan aloqador deb hisoblaydi. Oq uy qoshidagi milliy xavfsizlik kengashi izohiga ko‘ra, sanksiyalar "Sudan, Gongkong va Tailandda sanksiyalardan yashirin bo‘yin tovlagan" kompaniyalarga nisbatan kiritilgan va ular "demokratik jarayonlarga chet el aralashuvi"da ayblanmoqda.

Prigojin mana necha yildirki Ukrainadagi mojaroga aloqadorlik va AQShdagi "saylovlarga aralashuv" ayblovlari bo‘yicha amerika sanksiyalari ostida qolib kelmoqda.