Tojikiston fuqarosi Germaniyada terakt tayyorlashda ayblandi

Tergov ma’lumotlariga ko‘ra, Tojikiston fuqarosi respublikaning boshqa fuqarolari bilan birgalikda Germaniyada IShID terrorchilik uyasini tashkil qilgan, Yevropada teraktlar tayyorlagan va terrorchilarga moliyaviy yordam ko‘rsatgan.
Sputnik

TOShKENT, 22-iyul — Sputnik. Germaniyada "Islom davlati" terrorchilik tashkiloti (IShID yoki "ID", Rossiyada ta’qiqlangan)ga aloqadorlikda va terrorizmni moliyalashtirishda gumon qilingan Tojikiston fuqarosiga qarshi ayblovlar ilgari surildi, deya xabar berdi Germaniya Oliy sudi huzuridagi Bosh prokuratura matbuot xizmati.

Nega markaziy osiyoliklar terrorchilar hamtovoqlariga aylanadi - Popov sharhi

Tergov davomida aniqlanishicha, 30 yoshli Tojikiston fuqarosi Ravshan B. respublikaning boshqa fuqarolari bilan birgalikda 2019-yil boshida Germaniyada IShID terrorchilik uyasini tashkil qilgan.

Huquq-tartibot idoralari taxminiga ko‘ra, erkak Yevropada teraktlar tayyorlagan va o‘zi ko‘rsatma olib turgan jangarilarni moliyaviy tomondan qo‘llab-quvvatlagan.

Xususan, Suriyadagi IShID yetakchilaridan biri Tojikiston fuqarosiga Germaniyada "kofirlarga qarshi" jihod boshlashni buyurgan va unga terrorchilik harakatlarini amalga oshirish uchun fotiha bergan. Guruh, shuningdek, Islomni radikal tarzda talqin qilgan va rejalashtirilayotgan terrorchilik hujumlari haqida maslahat berib turgan Afg‘onistondagi IShID yetakchisi bilan hamkorlik olib borgan.

MDH davlatlari terrorizmga qarshi kurashda harakatlarini muvofiqlashtirishi kerak – ekspert

O‘z faoliyatini moliyalashtirish uchun tojikistonlik yacheykaning boshqa a’zolari bilan birga albaniyalik biznesmenni 40 ming dollarga o‘ldirishga rozi bo‘lgan. 2019-yil fevral oyining oxirida jinoiy guruh Avstriya orqali Albaniyaga yo‘l olgan va o‘z qurboni ketidan kuzatuvni yo‘lga qo‘ygan. Ammo su’iqasd amalga oshirilmagan.

Germaniyaga qaytib kelgandan so‘ng, yacheyka IShID yetakchilaridan portlovchi moddalarni tayyorlash bo‘yicha ko‘rsatmalar olishda davom etgan.

Afg‘onistonlik muvofiqlashtiruvchi ko‘rsatmalariga asosan islomni tanqid qilib kelgan Germaniyada istqomat qiluvchi shaxsni o‘ldirishga hozirlik ko‘rgan. Ammo ushbu su’iqasd tezkor xizmatlar xodimlari tomonidan 2019-yilning 14-martida bartaraf etilgan.

Tojikiston fuqarosi 2019-yilning 15-mart sanasidan hibsda qolib kelmoqda. 2020-yilning aprel oyida prokuratura Oliy sud sudyasidan hibsga olish uchun yangi orderni olgan. Terroristik yacheykaga doir surishtiruv ishlari davom etmoqda.