TOShKENT, 22-iyul — Sputnik. Rossiyaning Novosibirsk shahrida tahsil olayotgan 200 ga yaqin o‘zbekistonlik talaba charter reys orqali mamlakatga olib kelindi.
O‘zA xabariga ko‘ra, bu prezident Shavkat Mirziyoyevning topshirig‘iga binoan amalga oshtirilgan.
Islom Karimov nomidagi Toshkent xalqaro aeroportida talabalar sanitariya qoidalariga ko‘ra tekshiruvdan o‘tgan Ularning yuklari ham tegishli tartibda dezinfeksiya qilingan.
“Tomsk shahri Sibir federal okrugida tahsil olayotgan bu talabalar sog‘lig‘ini saqlash maqsadida o‘rnatilgan tartibda karantinga olinadi. So‘ngra oilasi bag‘riga qaytadi”, - deyilgan xabarda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq bir guruh o‘zbekistonlik talabalar bosh vazir Abdulla Aripovga videomurojaat yo‘llab, uylariga qaytish uchun charter reys tashkillashtirib berishni iltimos qilishgan edi.