Rossiya olimlari inson umrini uzaytiruvchi "superfud"ni aniqlashdi

Sibirlik olimlar inson organizmni kerakli vitamin, aminokislota va “umri uzoqlik oqsillari” bilan to‘ydiruvchi oddiy mahsulotni aniqlashdi.
Sputnik

TOShKENT, 22-iyul — Sputnik. Sibir federal universiteti olimlari grechkaning inson organizmiga ta’sirini o‘rganishdi, deb xabar qilmoqda RIA Novosti.  

Olimlar aniqlashiga ko‘ra, doimiy ravishda grechka iste’mol qilish sut emizuvchilar organizmida “umri uzoqlik oqsili” yoki sirtuinlar miqdori oshishiga olib kelar ekan.

Sirtuinlar – oqsil moddalarning bir turi bo‘lib, ular yog‘ hujayralari paydo bo‘lishi, moddalar almashinuvi va glyukoza paydo bo‘lishida ishtirok etadi. Ushbu oqsillar tarkibiga kiruvchi SIRT1 moddasi – hujayra ichidagi jarayonlarda faol ishtirok etib, organizm qarish va stresslarga dosh berish mexanizmlariga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi, deyilgan v Journal of Cereal Science ilmiy jurnalida chop etilgan maqolada.

SFU Biofizika fakulteti kafedra boshlig‘i Valentina Kratasuk boshchiligida o‘tkazilgan ilmiy o‘rganish natijasida qiziqarmi ma’lumotlar olingan.

Xususan, organizm qanchalik kam kaloriya iste’mol qilsa, shuncha ko‘p umri uzoqlik oqsillari ishlab chiqaradi. Och qolish jearayonida organizmda “hujayralarni davolash” va ularning umrini uzaytirish mexanizmi ishga tushadi, deyilgan olimlar xulosasida.

Shu bilan birga, ayrim toifadagi odamlar uchun och qolish mutlaq ta’qiqlangan. Masalan og‘ir kasal bo‘lgan, homilador bo‘lgan va yosh bolalar och qolisha organizmga zarar yetkazishi mumkin.

Britaniyalik olimlar uzoq umr ko‘rish sirini ochib berishdi

SIRT1 oqsili grechka va un mahsulotlarida bo‘ladi. Ushbu ovqatlar nafaqat Rossiya balkim Xitoy, Yaponiya, Koreya va Hindistonda milliy taomlarida ham ko‘p miqdora iste’mol qilinadi. Grechkaning vatani aslida Hindiston, deydi Kratasuk.

Grechkaning afzalligi shundaki, unda organizm uchun zarur bo‘lgan o‘simlik oqsili va aminokislotalar, V guruhi vitaminlari hamda katta miqdorda kletchatka bor. O‘simlik oqsili va aminokislotalar yordamida inson organizmi o‘z oqsilini ishlab chiqarsa,   V guruhi vitaminlari – asablar va qon tomirlar sog‘lig‘i uchun, kletchatka – to‘yish hisi paydo bo‘lishi uchun kerak.

Grechixa – bu haqiqiy superfud. U SIRT1 – oqsili manbai. Biz buni birinchi bo‘lib aniqladik. Uzum ham inson umrini uzaytirishi aniqlangan, lekin ko‘p hududlarda uni yetishtirish qiyin va samara berishi uchun uni juda ko‘p miqdorda iste’mol qilish kerak”, - deydi SFUning yana bir olimi dotsent Shubxra Pande.

Tajriba natijasida tarkibida grechka bo‘lgan ovqat doimiy ravishda vazn ortishiga olib kelgan. Shu bilan birga tajriba hayvonlarida SIRT1 miqdori 30 baravar oshishi kuzatilgan. Olimlar fikriga ko‘ra bu optimal ko‘rsatgich.

Dunyodagi eng keksa odam uzoq umr ko‘rish sirini ochdi

Tajriba davomida SFU olimlari oddiy och qolish diyetasi bilan birga grechkali diyetaning farqini ham aniqlashdi. Oddiy och qolish diyetasi vaqtida tajriba kalamushlarida oqsil moddalari umumiy miqdori 19 %ga, oshqozonda 95 %ga, jigar va bo‘yrakda 35 va 27 %ga kamaygan.

Xuddi shunday jarayonni qattiq diyeta qilayotgan odamlarda ham kuzatish mumkin. Organizm oqsil yetishmovchiligidan zarar ko‘radi. Masalaning ikkinchi tomoni, grechkani haddan ziyod iste’mol qilish natijalari ham kuzatildi, lekin buning salbiy oqibatlari, ya’ni organizmda haddan ziyod miqdorda SIRT1 oqsili ishlab chiqarilishi oqibatida oksidlanishning kuchayishi kuzatilmadi, deyilgan xabarda.

Grechka xususiyatlarini o‘rganish bo‘yicha izlanishlar Sibir Federal universiteti, Krasnoyarsk davlat tibbiyot universiteti, Sibir tibbiyot muammolari ITI va RFAning  Sibirdagi markazi ishtirokida o‘tkazildi.