Parkentda Sanitariya inspeksiyasi mansabdorlari davlatga qariyb 400 mln so‘m zarar yetkazdi

Sanitariya-epidemiologiya nazorati davlat inspeksiyasi mansabdorlari karantin qoidalarini buzganlarni nazorat qilish o‘rniga davlat haqqiga xiyonat qilgan.
Sputnik

TOShKENT, 22-iyul — Sputnik. Toshkent viloyati Parkent tumanida Sanitariya-epidemiologiya nazorati davlat inspeksiyasi mansabdorlari davlatga 397,6 mln so‘mlik zarar yetkazdi. Bu haqda Bosh prokuratura matbuot xizmati xabar qilmoqda.

Kredit mablag‘larini “yevorgan” bank xodimlariga nisbatan jinoyat ishi ochildi

Ma’lum bo‘lishicha, mansabdorlar karantin qoidalarini buzgan 86 nafar kishining jarima to‘lamasligi uchun ularga qilmishni istisno etuvchi holatlar sifatida holatni rasmiylashtirib berishgan. Shu yo‘l orqali ular 397,6 mln so‘mlik davlat manfaatlariga juda ko‘p miqdorda zarar yetkazilgan.

Holat yuzasidan ushbu mansabdor shaxslarga nisbatan JKning tegishli moddalari bilan jinoyat ishi ochilgan.

Tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.