TOShKENT, 22-iyul — Sputnik. Toshkentdagi “Jomiy” bozori yaqinida joylashgan qurilish mollari do‘konida yong‘in yuz berdi.
FVV ma’lum qilishicha, yong‘in soat 15.34 da boshlangan. Bir necha daqiqada favqulodda hodisa joyiga Toshkent shahar Favqulodda vaziyatlar boshqarmasining 6 ta o‘t o‘chirish va qutqaruv guruhi yetib kelgan.
16:14 da yong‘in to‘liq bartaraf etilgan hamda do‘konlarning 2000 kvadrat metr maydoni saqlab qolingan.
Yong‘in natijasida qurilish mollari do‘konlarida jami 200 kvadrat metr maydoni yonib ketgan.
Yong‘in sabablari ekspertlar tomonidan aniqlanmoqda.