1 sentabrdan Rossiyaga doimiy aviareyslar tiklanadi

Xususan, Toshkent va Moskva, Sankt-Peterburg, Novosibirsk, Qozon, Vladivostok shaharlari o‘rtasida aviaparvozlar tiklanadi.
Sputnik

TOShKENT, 22-iyul - Sputnik. 2020-yilning 1-sentabridan boshlab Toshkentdan Rossiya Federatsiyasining turli shaharlariga doimiy aviareyslar tiklanadi. Bu haqda Rossiyaning "AeroTur" aviakompaniyasi ma’lum qildi, deya xabar beradi Tashqi migratsiya agentligi.

O‘zbekiston xorijiy davlatlarga parvozlarni avgustdan oldin tiklay olmaydi - tezkor shtab

Xususan, Toshkent va Moskva, Sankt-Peterburg, Novosibirsk, Qozon, Vladivostok shaharlari o‘rtasida aviaparvozlar tiklanadi.

Hozirgi kunda aviakompaniya saytida 1-sentabrdan 30-sentabrgacha reyslar jadvali e’lon qilingan.

Eslatib o‘tamiz, ilgariroq, Rossiya MDH davlatlariga avia-parvozlarni boshqa davlatlarga ko‘ra oldinroq yo‘lga qo‘yishi mumkinligi haqida xabar bergan edik.

Rossiya COVID-19 pandemiyasi tufayli boshqa mamlakatlar bilan muntazam va charter parvozlarni 27-mart sanasidan vaqtinchalik to‘xtatgan edi.

O‘zbekiston Transport vazirligi O‘zbekiston fuqarolarini rasman tasdiqlanmagan xabarlarga ishonib  aviachiptalarni sotib olmaslikka chaqirib keladi.