TOShKENT, 20-iyul — Sputnik. Toshkent shahrida bilyard klubida bezorilik sodir etgan shaxslar ustidan ochilgan jinoiy ish prokuraturaga yuborildi. Bu haqda IIV huzuridagi Tergov departamenti xabar bermoqda.
Xabarda qayd etilishicha, 2020-yilning 17-fevral kunidan 18-fevral kuniga o‘tar kechasi taxminan soat 01:00 da 32 yoshli A.S. sherigi 29 yoshli X.G‘. bilan Olmazor tumanidagi bilyard klubiga mast holda kelgan.
Ish vaqti yakunlangani aytilganiga qaramasdan klub ish boshqaruvchisi 55 yoshli D.I.ni ahloqsiz so‘zlar bilan haqorat qilib, sababsiz do‘pposlashgan.
O‘sha vaqtda bilyard klubda bo‘lgan ishchilar va mijozlar A.S. va X.G‘.ga ham jiddiy qarshilik ko‘rsatishgan. Bilyard toshlarini otib, D.I.ni stul bilan urib, yana do‘pposlashgan. Ish boshqaruvchi yengil tan jarohati olgan. Bezorilar esa hodisa joyidan yashirinishgan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 277-moddasi 3-qismi “g” bandi bilan ochilgan jinoiy ish tuman prokuraturasiga yuborilgan. Endi ular sud oldida javob berishadi.