O‘zbekistonda koronavirus: 20-iyul asosiy xabarlari

Bir sutka davomida 542 kishida koronavirus aniqlandi, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 17 149 nafarni tashkil qilmoqda.
Sputnik

TOShKENT, 20-iyul — Sputnik. Sputnik O‘zbekiston respublikadagi epidemiologik vaziyat to‘g‘risida asosiy xabarlarni to‘pladi.

Koronavirus tufayli futbol bo‘yicha O‘zbekiston chempionati vaqtincha to‘xtatildi

Bir sutka davomida 542 kishida koronavirus aniqlandi, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 17 149  nafarni tashkil qilmoqda.

Yangi kasallanishlar: 29 nafari — karantin markazidagi (barchasi xorijdan kelgan) fuqarolar, 154 nafari — Toshkent shahrida tana harorati ko‘tarilgani sababli namuna olingan va bemor bilan muloqotda bo‘lgan.

Davolanish ko‘rsatkichi

Bugunning o‘zida 209 nafar bemor tuzalib, o‘z uylariga kuzatildi.

Respublika bo‘ylab jami sog‘ayganlar soni 9 387 nafarga yetdi.

Ayni paytda 7 672 nafar bemorga belgilangan standartlar bo‘yicha davo choralari ko‘rilmoqda. 81 nafar bemor og‘ir ahvolda, 23 nafar bemor o‘ta og‘ir ahvolda.

O‘lim holatlari

Toshkentda Olmazor tumanida yashagan 60 yoshli F.T. (ayol) koronavirusdan vafot etdi. Unda 8-iyul kuni “COVID-19” tasdiqlangan va u Virusologiya ilmiy-tekshirish instituti klinikasiga yotqizilgan.

Tez yordam xodimlari qo‘shimcha rag‘batlantiriladi

Unga “COVID-19” infeksiyasining o‘ta og‘ir kechishi, ikki tomonlama pnevmoniya tashxisi qo‘yilgan. Bemorda kasallik sepsis, o‘tkir nafas va yurak qon-tomir yetishmovchiligi, poliorgan yetishmovchilik kabi asoratlar bilan kechgan.

Reanimatsion muolajalarga qaramasdan bemorning ahvoli keskin og‘irlashib, o‘tkir nafas va yurak qon-tomir yetishmovchiligidan vafot etgan.

Ikkinchi holat: Toshkentda 51 yoshli erkak koronavirusdan vafot etdi. Yunusobod tumanida yashovchi V.T.da 5-iyul kuni COVID-19 tasdiqlangan va u Epidemiologiya, mikrobiologiya va yuqumli kasalliklar ilmiy-tekshirish instituti klinikasiga yotqizilgan.

Unga COVID-19 infeksiyasi, ikki tomonlama pnevmoniya tashxisi qo‘yilgan. Xastalik sepsis, o‘tkir nafas va yurak qon-tomir yetishmovchiligi, poliorgan yetishmovchilik kabi asoratlar bilan kechgan. Shuningdek, bemor yurak ishemik kasalligi, zo‘riqish stenokardiyasi hamroh kasalliklari bilan ham og‘rigan.

Reanimatsion muolajalarga qaramasdan, bemor o‘tkir nafas va yurak qon-tomir yetishmovchiligidan vafot etgan.

Uchinchi holat: Toshkent shahri Uchtepa tumanida yashagan 42 yoshli S.S. (erkak) koronavirusdan vafot etdi. Unda 17-iyul kuni COVID-19 tasdiqlangan va u o‘ta og‘ir ahvolda Virusologiya ilmiy-tekshirish instituti klinikasi reanimatsiya bo‘limiga yotqizilgan va sun’iy nafas berish apparatiga o‘tkazilgan.

Unga COVID-19 infeksiyasining o‘ta og‘ir kechishi, ikki tomonlama pnevmoniya tashxisi qo‘yilgan. Bemorda kasallik sepsis, o‘tkir nafas yetishmovchiligining 4-darajasi, o‘tkir yurak qon-tomir yetishmovchiligi, poliorgan yetishmovchilik kabi asoratlar bilan kechgan. Shuningdek, u yurak ishemik kasalligi, stabil zo‘riqish stenokardiyasi, qandli diabetning dekompensatsiya bosqichi kabi hamroh xastaliklar bilan ham og‘rigan.

Reanimatsion muolajalarga qaramasdan, u o‘tkir nafas va yurak qon-tomir yetishmovchiligidan vafot etgan.

Musayev: COVID-19ga qarshi kurashda xizmat qilgan tibbiyot xodimi maoshsiz qolib ketmaydi

O‘zbekistonda jami 90 kishi pandemiya qurboni bo‘ldi.

Shifokorlarga maosh

Prezident pandemiya bilan bog‘liq vaziyat murakkabligicha qolayotganini aytdi. Jumladan, oxirgi to‘rt kunda yangi aniqlangan 2 136 nafar bemorning 1 218 tasi (ya’ni, 57 foizi) poytaxt va Toshkent viloyatiga to‘g‘ri keladi.

Toshkent shahrida mavjud 16 ta klinikaga qo‘shimcha COVID-19 ga  shubhali bemorlar uchun mo‘ljallangan yana 7 ta 850 o‘rinli “provizor” klinikalar tashkil qilindi. Klinikalarning tibbiyot xodimlariga har bir ish kuni uchun oylik maoshining 6 foizi miqdorida ustama haq to‘lash masalasi hal qilindi.

Shavkat Mirziyoyev ta’kidlanidek, bugundan boshlab koronavirusga chalingan bemorlar bilan ishlayotgan har bir maxsus shifoxonada alohida tijorat bankining kassalari tashkil qilinib, shifokorlarning 14 kunlik ish xaqini joyida olish tizimi joriy etiladi.

Qo‘shimcha o‘rin-joylar

OTM yotoqxonalari, yopiq sport maydonlari koronavirusga chalinganlarni davolash uchun safarbar etiladi.

“Koronavirusga chalingan fuqarolar soni yanada oshib borishi hech gap emas”, -  prezident dedi. Shu munosabat bilan qisqa muddatlarda ushbu kasallikka chalinganlarni davolash uchun yaratilgan qo‘shimcha o‘rin-joylar sonini, birinchi navbatda oliygohlar yotoqxonalari, yopiq sport maydonlari va boshqa sig‘imi katta bino-inshootlar hisobiga, kamida ikki-uch barobarga oshirilishini ta’minlash vazifasi qo‘yildi.

Toshkent poliklinikalari 24 soat xizmat ko‘rsatishga o‘tadi – prezident topshirig‘i

Kislorod konsentratorlari

Tadbirkorlarga kislorod konsentratorlarini O‘zbekistonga olib kelishda yordam ko‘rsatiladi. Buning uchun maxsus samolyot ajratilishi mumkin.

Chet davlatlarda o‘pka yallig‘langan har bir bemor uchun zudlik bilan kislorod konsentratorlariga maxsus niqoblar kiygizish orqali havo olishini yengillashtirib, qo‘liga pulsoksimetr taqilmoqda va bu bilan bemorning nafas yetishmovchiligi bartaraf qilinmoqda.

Bosh vazirga mazkur tibbiyot jihozlarini imkon qadar qisqa muddatlarda mamlakatga yetkazish topshirig‘i berildi.

Buning uchun, agar kerak bo‘lsa, maxsus samolyot ajratilishi, tadbirkorlar tomonidan kislorod konsentratorlarini O‘zbekistonga olib kirish tartib-taomillarini yengillashtirish choralari ko‘rilishi lozimligi qayd etildi.

Shoshilinch ishga qabul

Toshkent viloyati hokimligi tomonidan Zangiota tumani klinikasiga hamshiralar ishga qabul qilinishini haqida e’lon berildi. Hamshiralarning ish grafigi 14 kun, ish haqi – 15 million so‘m. COVID-19 bilan yuzaga kelgan vaziyat tufayli Toshkent viloyatining Zangiota tumanidagi shifoxonaga shoshilinch ravishda hamshiralar ishga qabul qilish jarayoni boshlangan.

Toshkent hokimligi tomonidan ham tibbiyotchilarni yuqori maoshli zaxira ish o‘rinlariga qabul to‘g‘risida e’lon berildi.

Dunyo salomatligi

So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, infeksiyani yuqtirib olgan kishilarning soni 14,5 milliondan oshdi, 606 ming kishi vafot etdi. Eng ko‘p holatlar AQShda (3,8 mln), Braziliyada (2,1 mln), Hindistonda (1,1 mln).