Toliblar NYTʼning Rossiya bilan “til biriktirganlik” to‘g‘risidagi aylovlariga javob qaytardi

“Tolibon”* harakati rasmiy vakilining fikricha, Amerika OAVda chop etilgan bu kabi maqolalar AQShning ichki siyosatiga bog‘liq.
Sputnik

TOShKENT, 19-iyul — Sputnik. “Tolibon”* harakatining rasmiy vakili Suhayl Shahin Rossiya bilan “til biriktirganlik” to‘g‘risidagi xabarlarni asossiz deb atadi. U bu haqda RT telekanaliga bergan intervyusida ma’lum qildi.

“Bu “rus mukofotlari” — yolg‘on. Biz kimningdir puli uchun jang qilmayapmiz. Odamlarimizning jang va o‘zlarini qurbon qilayotgan mafkuralari bor", — dedi Shahin. Uning so‘zlaridan RIA Novosti iqtibos keltirgan.

“Tolibon”* harakati rasmiy vakilining fikricha, Amerika OAVda chop etilgan bunday maqolalar AQShning ichki siyosati hamda Vashingtondagi ayrim kuchlarning AQSh va “Tolibon”* o‘rtasida Dohada imzolangan tinchlik kelishuvni yo‘qqa chiqarish istagi bilan bog‘liq.

Amerikancha “Tolibongeyt” - bu fitnaning maqsadi nima?

26 iyun kuni New York Times jurnalistlari maqola chop qilishdi. Unda ta’kidlanishicha, go‘yoki Rossiya “Tolibon”* terrorchilik guruhi a’zolariga Afg‘onistondagi Amerika askarlarining boshi uchun mukofot taklif qilgan.

Rossiya TIV amerika harbiylari buyurtma qotilligida rus harbiy razvedkasining aloqadorligi to‘g‘risidagi ushbu xabarlarni yolg‘on deb atadi.

O‘z navbatida, AQSh prezidenti Donald Tramp New York Timesdagi maqolaga sharh berar ekan, uni "navbatdagi buyurtma" deb atadi, va na o‘ziga, na vitse-prezidentga, na Oq uy ma’muriyatiga shu paytgacha hech kim ruslar Afg‘onistondagi AQSh qo‘shinlariga hujum uyushtirganlari haqida ma’lumot yetkazmaganligini ta’kidladi.

* Rossiya va qator davlatlarda taqiqlangan terrorchilik tashkilot